Angor tumaniga Qosim Mardonov, Termiz tumaniga Shuxrat Nazarov, Jarqo‘rg‘on tumaniga Elmurod Avazov, Muzrabot tumaniga Abdurashid Ismailov, Sho‘rchi tumaniga Ulug‘bek Zokirov va Sariosiyo tumaniga Abduqodir Donayev hokim etib tayinlandi.
TerDU akademik litseyi qozonxonasi portladi. 2 kishi halok bo‘lib, 1 kishi shifoxonaga yotqizildi. Holat yuzasidan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Boysun tumanida tibbiyot birlashmasi shifokori 2 kishi tomonidan kaltaklandi. Shifokor yengil jarohat olgan. Kaltaklaganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sariosiyo tumanida Nexia, Spark va Gentra o‘zaro to‘qnashdi. Oqibatda Nexia haydovchisi shifoxonada vafot etdi.
Angor tumanida Labo kanalga tushib ketishi oqibatida 33 yoshli haydovchi vafot etdi. Viloyat IIB ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchi mastlik oqibatida tezlikni me’yoridan oshirib harakatlanib, boshqaruvni yo‘qotgan va mashinada kanalga tushib ketgan.
Surxondaryoda Cobalt yo‘l chetida turgan ikki kishini urib yubordi. Ulardan biri voqea joyida vafot etdi. Haydovchi boshqargan mashina tekshirib ko‘rilganda so‘nggi 40 kunda 8 marta tezlikni me’yoridan oshirib harakatlangani aniqlandi.
O‘zbekiston Afg‘onistonga to‘qqizta maxsus yuk mashinasida navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi. Ularni topshirish marosimi Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududidida bo‘lib o‘tadi.
Surxondaryo viloyatida Nexia va Nexia-3 o‘zaro to‘qnashib ketdi. Oqibatda ikki nafar fuqaro vafot etdi. Hodisa svetofor ishlamayotgan chorrahada yuz berdi.
Surxondaryo va Toshkent viloyatida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari yuz berdi. Ularda haydovchi va piyoda vafot etdi.
Angor tumanida Lada Samara haydovchisi mast holda yo‘lda yotgan piyodani bosib ketdi. 46 yoshli fuqaro voqea joyida vafot etdi.
Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligida 51 tup daraxt noqonuniy kesilishi oqibatida o‘simlik dunyosiga jami 560 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgandi. Viloyat prokuraturasi ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Termiz tumanida ikki fuqaro Uchqizil kanalidan taqiqlangan ov quroli — elektr qarmoq bilan baliq tutgani aniqlandi. Oqibatda hayvonot dunyosiga 45 mln so‘m zarar yetkazildi. Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudida ko‘rib chiqiladi.
Surxondaryoda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida avtomobillarga gaz qo‘yish shoxobchalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatildi.
Surxondaryodagi «Sariosiyo» chegara bojxona postidan o‘tayotgan fransiyalik fuqaroning yuklari orasidan 4 dona quritilgan ko‘knori boshog‘i aniqlandi. Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryoning Jarqo‘rg‘on tumanida mahalliy aholi ta’mirtalab ko‘chaga mutasaddilarning e’tiborini qaratish maqsadida yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Viloyat hokimligi yo‘lni 2023 yil boshida ta’mirlashni va’da qilmoqda.
Qiziriqda yerlari klasterga olib berilgan 14 nafar fermer va IIO xodimlari o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. IIV voqea ishtirokchilari o‘zlarini traktor ostiga tashlash, bir-biriga shikast yetkazishga urinmoqchi bo‘lganini ma’lum qildi. Deputat Kusherbayev fermerlar Oliy sudda g‘alaba qozonganini aytdi. Munosabatlar.
Sariosiyo tumanida o‘lik bo‘rini daraxtga osib qo‘yib, terisini shilayotganlar videosi tarqaldi. Aybdor topilib, unga nisbatan BHMning 10 baravari miqdorida jarima belgilandi.
Surxondaryo viloyatida 26 ta maktabning chekka hududlardagi ta’mirtalab filiallari faoliyati tugatildi. Ularda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning asosiy maktablarga qatnashlari uchun 26 dona Damas avtomobili ajratildi.
Surxondaryo viloyatida 11 kg «gashish» giyohvandlik moddasini mamlakatga olib o‘tishga uringanlikda gumonlangan 11 nafar shaxs qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Avgustda Surxondaryodagi «Hazarbog‘» kanalidan 27 yoshli shaxsning jasadi topildi. Sud-tibbiy ekspertiza uning o‘limiga burun va og‘iz bo‘shlig‘ining suv bilan berkitilishidan vujudga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lganini aytdi. Bunda jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting