28 fevral kuni soat 15:40 da Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidan oqib o‘tuvchi Zang kanaliga yuk mashinasi tushib ketdi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Zudlik bilan voqea joyiga FVB yong‘in qutqaruv otiryadi yetib borgan. Maxsus texnikalar yordamida yuk mashinasi kanaldan chiqarib olingan.

Voqea oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.