Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi Bobotog‘ massivida yuk mashinasi haydovchisi yo‘l-transport hodisasiga uchrab, halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

27-mart kuni soat 15:30 atrofida “GAZ-52” yuk mashinasi haydovchisi Bobotog‘ massivida transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallanmagan yo‘lda ketayotganida charchab, boshqaruvni yo‘qotgan. So‘ngra yo‘lning o‘ng tomonidagi chuqurlikka tushib ketgan.

Oqibatda yuk mashinasi haydovchisi olgan og‘ir jarohatlari sababli voqea joyida halok bo‘lgan.