2 mart kuni Denov tumani «Qorabog‘» mahallasida yashovchi fuqaro Bahrom Abdimo‘minov ariq qazish jarayonida katta hajmli sopol xum topgani to‘g‘risida Surxondaryo viloyati madaniy meros boshqarmasiga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati.

Xumning tarixiylik ahamiyatini o‘rganish va restavratsiya qilish maqsadida Termiz arxeologiya muzeyi hamda Termiz davlat universiteti tarixchi olimlari tomonidan butunligicha qazib olinib, muzeyga olib kelindi.

сурхондарё, sopol xum, madaniy meros

«Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra xum milodiy I-II asrlarga tegishli ekanligi taxmin qilinmoqda. Olimlar tomonidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda», — deyiladi xabarda.