Surxondaryo viloyati Angor, Termiz, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot, Sho‘rchi va Sariosiyo tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi, deya xabar qildi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Xalq deputatlari Angor tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Abdullayev Shohjahon Bekmuratovich vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Mardonov Qosim Esonovich tasdiqlandi.

сурхондарё, тайинловлар

Qosim Mardonov. Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Qosim Mardonov 1975 yil 24 noyabrda Termiz tumanida tug‘ilgan. 1997 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi iqtisodchi.

U 2007−2020 yillarda Moliya boshqarmasi, mahalliy hokimliklar hamda Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2020 yildan buyon Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatining Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, Xalq deputatlari Termiz tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Urinov Shuxratjon Bekmaxmatovich vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Nazarov Shuxrat Xudayberdiyevich tasdiqlandi.

сурхондарё, тайинловлар

Shuxrat Nazarov. Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Shuxrat Nazarov 1968 yil 16 aprelda Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan. 1991 yil Toshkent xalq xo‘jaligi institutini, 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi iqtisodchi, huquqshunos.

U 2008−2022 yillarda Soliq organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2022 yildan buyon Chirchiq shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bundan tashqari, Elmurod Avazov Jarqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

сурхондарё, тайинловлар

Elmurod Avazov.

El’murod Avazov 1988 yil 15 iyulda Sherobod tumanida tug‘ilgan. 2010 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi buxgalteriya hisobi va audit, davlat moliyasini boshqarish. E.Avazov 2012—2022 yillarda iqtisodiyot boshqarmasi va viloyat hokimligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2022 yildan buyon Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Savdo va xizmatlar infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Abdurashid Ismailov esa Muzrabot tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

сурхондарё, тайинловлар

Abdurashid Ismailov. Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Abdurashid Ismailov 1977 yil 12 iyulda Boysun tumanida tug‘ilgan. 2005 yil Termiz davlat universiteti, 2014 yil Toshkent moliya institutini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi pedagog, budjet hisobi va nazorat-moliya.

A.Ismailov 1996—2022 yillarda ijtimoiy ta’minot, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2022 yildan buyon Muzrabot tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Sho‘rchi tumaniga esa Ulug‘bek Zokirov hokim etib tayinlandi.

сурхондарё, тайинловлар

Ulug‘bek Zokirov. Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Ulug‘bek Zokirov 1974 yil 3 dekabrda Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. 1997 yil Termiz davlat universiteti, 2004 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi biologiya o‘qituvchisi, iqtisodchi.

U 1997−2022 yillarda tijorat banklari, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qishloq qurilish invest, Markaziy bank boshqarmasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2022 yildan buyon Respublika Markaziy bank departament direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Sariosiyo tumaniga Abduqodir Donayev hokim etib tayinlandi.

сурхондарё, тайинловлар

Abduqodir Donayev. Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Abduqodir Donayev 1981 yil 8 avgustda Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 2005 yil Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi huquqshunos. U 2005−2022 yillarda Prokuratura organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2022 yildan buyon Toshkent shahar Yashnobod tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.