13 mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda uning matbuot xizmati kotibi Sherzod Asadov.

Davlat rahbari xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ishtirok etadi. Shuningdek, hududda sanoat va qishloq xo‘jaligi rivoji bilan tanishish, yangi loyihalarni ishga tushirish, harbiy maskanlarga tashrif rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, prezident bundan avval Qashqadaryo viloyatida bo‘lgandi.