Prezident davlat organlariga joriy yil yakunigacha ortiqcha xarajat qilishni taqiqladi. 2022 yilda QQS bo‘yicha daromadlarni oshirib bajarilgan qismidan hududiy budjetlarga yo‘naltiriladigan mablag‘larning 40 foizi, hududlarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga kelib tushgan mablag‘larning 15 foizi respublika budjetiga qaytariladi. Qolaversa, davlat tashkilotlariga avtomobil xarid qilish, bino va inshootlarni ta’mirlash ham taqiqlanmoqda.
Davlat soliq qo‘mitasi fevral oyida xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazgan 183 mingdan ortiq iste’molchiga 18,4 mlrd so‘m keshbek to‘lab berilganini ma’lum qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev soliq organi rahbarlariga sohadagi yangicha hisobot va o‘zgarishlarni bilmagan tadbirkorlarni jazolash emas, to‘g‘ri tushuntirish kerakligini ta’kidladi. «Faqat biz to‘g‘ri qilyapmiz, deb yurishimiz noto‘g‘ri… Eng katta muammoingiz — tushuntirib bermaganingiz», — dedi davlat rahbari.
Prezident qarori bilan 2022-yil 1-apreldan 2024-yil 31-dekabrgacha jismoniy shaxslarning aksiyalardan olgan dividendlari daromad solig‘idan ozod qilinadi. Norezident yuridik shaxslar uchun esa 5% stavkada foyda solig‘i tadbiq etiladi.
«Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilindi. Qonun loyihasida mehnat migrantlarining daromadlari ikki tomonlama soliqqa tortilmasligi belgilanmoqda.
«Milliy tiklanish» partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov saylovchilar bilan muloqotda migrantlardan ham soliq undirish taklifini bildirdi. «Kelinglar endi yana ham vatanparvarroq bo‘laylik, migrantlar ham o‘zining solig‘ini mamlakat taraqqiyoti uchun to‘lasin», — dedi u.
Google LLC va Microsoft Ireland Operations Limited kompaniyalari O‘zbekistonda soliq to‘lovchilar sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Endi xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishda 15 foiz QQSni hisobga olish talab etiladi.
Prezident Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining ba’zi tumanlarida soliq solishning alohida tartibini nazarda tutuvchi soliq rejimi kiritildi.
2022 yildan boshlab tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar, shuningdek kameral soliq tekshiruv asosida aniqlangan huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi. Xorazmda soliq organlari tomonidan soliq hisobotlarini shakllantirish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish rejalashtirilgan. Shundan so‘ng yangi tartib boshqa hududlarda ham joriy etiladi.
2020 yilda Facebook tomonidan O‘zbekistonda deyarli 6 mlrd so‘m soliq to‘langan. Shuningdek, Google — 3,4 mlrd so‘m, Apple — 1,9 mlrd so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lagan.
«Bir kunlik firmalar» ning noqonuniy faoliyatiga qarshi kurashishning samarali mexanizmi joriy etildi. Pul mablag‘larini naqdlashtirish bilan shug‘ullanuvchi 396 ta «bir kunlik firmalar» xizmatidan foydalangan 10 mingga yaqin tashkilotlar ro‘yxati shakllantirildi. Shuningdek, 2960 tadbirkorlik sub’ektlarining bank hisobvaraqlariga joylashtirilgan inkasso topshiriqlari 1 martgacha vaqtinchalik bekor qilindi.
Davlat soliq qo‘mitasi vakili jismoniy shaxslar ham ko‘p qavatli uylar oldidagi avtoturargoh uchun soliq to‘lashini ma’lum qildi. Uning aytishicha, turargoh uchun alohida kadastr hujjati ham rasmiylashtiriladi.
Qonunchilik palatasi deputatlari 9 oyda ortiqcha to‘langan 126 mlrd so‘m soliqni qaytarish masalasi bilan qiziqishdi. «Bir oyda 10 trln soliq tushumlari tushadi, ortiqcha to‘langan 126 mlrd so‘m bu normal raqam», — dedi DSQ raisi Sherzod Qudbiyev. U, shuningdek, ortiqcha to‘langan soliq tadbirkorlik sub’ekti murojaati yoki sudni qarori bilan qaytarilishini ma’lum qildi.
Moliya vazirligi Surxondaryo davlat soliq boshqarmasi Equinox xizmat avtomashinasini sotib olish uchun hujjatlarni qalbakilashtirgani haqida xabar berdi. Vazirlik Nexia-3 sotib olishga ruxsat bergan, ammo DSB Equinox avtomobilini moliya organiga rusxat so‘rab xat yozish va javob xatini olishdan avval sotib olgan.
Yanvar-sentyabr oylarida davlat byudjeti daromadlari 94,5 trln so‘mni tashkil etdi. Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi soliq va bojxona tushumlariga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistonda 1 mln so‘mgacha ish haqi oluvchilar soni 42,8 foizni, 5,5 mln so‘m va undan yuqori oluvchilar soni 6 foizni tashkil etadi.
15 oktyabr — jismoniy shaxslarning yer solig‘ini to‘lash bo‘yicha so‘ngi muddati. Yer solig‘i qanday hisoblanadi, muddatdan keyin to‘laganlar uchun qanday jarima qo‘llaniladi va kim yer solig‘idan ozod qilanadi?
Prezident qarori bilan Moliya vazirligining bir qator funksiyalari Soliq maslahatchilari palatasiga o‘tkazildi. Shuningdek, soliq maslahatchilari vakolatlari kengaydi.
Mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashda Xorazm, Navoiy va Namangan viloyatlari aholisi yetakchilik qilayotgani ma’lum bo‘ldi. Eng ko‘p soliq imtiyozlarini olayotganlar esa Toshkent shahri, Toshkent, Andijon va Samarqand viloyatlarida.
O‘zbekiston xufiyona iqtisodiyoti 245 trln so‘mga teng deb baholandi. DSQ iste’molchilarni mahsulot yoki xizmat xarididan so‘ng chek so‘rashga chaqirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting