Davlat soliq qo‘mitasining ma’lum qilishicha, 2020 yil 1 aprelgacha O‘zbekistonda 26 ta xorijiy kompaniya QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

Ular orasida Facebook, Google, Apple va boshqa elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar ham bor.

Ma’lum qilinishicha, Facebook 2020 yilda 5 mlrd 981 mln so‘m soliq to‘lagan.

Shuningdek, Google — 3 mlrd 453 mln so‘m, Apple — 1 mlrd 934 mln so‘m, Netflix — 190 mln so‘m, Booking.com — 181 mln so‘m va Yandeks — 136 mln so‘m QQS to‘lagan.

2021 yil boshidan beri xorijiy internet-kompaniyalar 4,3 mlrd so‘m soliq to‘lashgan.

Ma’lumot uchun, 2020 yildan boshlab O‘zbekiston hududida xizmatlarni elektron shaklda taqdim etuvchi xorijiy kompaniyalar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lash joriy etilgan edi.

2020 yilning I choragida Google O‘zbekistonga soliq to‘lagan birinchi xorijiy internet-kompaniya bo‘lgan edi.