Davlat soliq qo‘mitasi mulk va yer solig‘ini to‘lash muddati tugayotganini eslatib o‘tdi. Bu yil pandemiya sababli jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash muddati 15 oktyabrgacha uzaytirildi. 16 oktyabrdan boshlab to‘lovning kechikkan har bir kuni uchun penya olinadi.

«28 sentyabr holatiga ko‘ra, aholi tomonidan 1,2 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘langan: 460 mln so‘mdan ortig‘i mulk solig‘i va 670 mln so‘mdan ortig‘i yer solig‘i», ― deyiladi qo‘mitada.

Viloyatlar kesimida mol-mulk va yer solig‘i to‘lashning eng yuqori ko‘rsatkichlar quyidagicha:

  • Xorazm viloyati — 68%.
  • Navoiy viloyati — 59,1%.
  • Namangan viloyati — 57,7%.
  • Toshkent — 57,3%.

Bundan tashqari, xabarda soliqlar bo‘yicha imtiyoz olish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarning eng ko‘p qismi Toshkent shahri, Toshkent, Andijon va Samarqand viloyatlariga to‘g‘ri kelishi ta’kidlangan.