Moliya vazirligi Davlat byudjetining tushumlari hamda ish haki darajasining dinamikasini taqdim etdi.

Ish haqi darajasining dinamikasiga ko‘ra, mehnat bozori koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq karantin cheklovlari ta’siridan asta-sekin tiklanmoqda.

Ish haqi miqdoriga kelsak, yanvar-avgust oylarida o‘zgarishlar asosan 1 mln so‘mgacha ish haqi oluvchilar soni (48,3 foizdan 42,8 foizgacha) 5,5 foizga kamayishi kuzatilmoqda. Bunga 1 mln dan kam pul ishlovchilarning qismi 2 mln dan 4 mln so‘mgacha ish haqi oluvchilar guruhiga o‘tishi sabab bo‘ldi. 2 mln dan 4 mln so‘mgacha ish haqi oluvchilar soni 16,3 foizan 20,5 foizgacha oshdi.

Avgust oyi yakunlari bo‘yicha 4 mln dan 5,5 million so‘mgacha ish haqi oluvchilar soni 190 261 nafarga (4,6%), 5,5 mln so‘mdan va undan yuqori oluvchilar soni 249 233 nafarga teng bo‘ldi (6%).


Eslatib o‘tamiz, karantin joriy etilishi natijasida shaxsiy daromad solig‘ini to‘laydiganlar soni 500 mingga kamaydi, jumladan fevraldagi 4,24 million kishidan aprelda 3,74 million kishiga.

Iyul oyidagi cheklovlar shaxsiy daromad solig‘ini to‘laydiganlar soniga yana ta’sir ko‘rsatdi, ammo unchalik katta bo‘lmagan, ularning soni 40,4 mingga kamaydi (jami 4,12 mln kishi). Avgust oyida vaziyat yana barqarorlanishi kuzatilmoqda 4,13 mln kishi ish haqidan soliq to‘lashdi. Bu fevral oyidagi ko‘rsatkichidan kam.

4,13 million kishidan iborat jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘laydiganlar soni jami aholining 12 foizini (34,3 million) yoki iqtisodiy faol aholining 28,1 foizini tashkil etadi (iyul holatiga ko‘ra 14,68 million).

Avvalroq xabar berganimizdek, yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning iqtisodiy faol aholisi orasida ishsizlik darajasi 13,2% ni tashkil etgan edi. 2019 yilning birinchi yarmida bu ko‘rsatkich 9,1% ni tashkil etgan.