Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqorichirchiq tumanlararo sudi sudyasi pora olganlikda gumonlanmoqda. U sherigi bilan yer bilan bog‘liq nizoni ijobiy hal qilish uchun 3 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan. Sudyalar oliy kengashi uni javobgarlikka tortishga rozilik berdi.
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari fuqaroga 1000 gektar yerni ajratishga va’da berib, buning evaziga 80 ming dollar so‘raganligi aytildi. Hokim o‘rinbosari kelishilgan mablag‘dan 50 ming dollarni olgan vaqtda ushlangan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bosh prokuraturaning yana bir boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari fuqaroning jinoiy ishini tugatib berishni va’da qilib, undan 3 ming dollar pora olgani aytilmoqda. Unga nisbatan firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bundan avval ham boshqa bir boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari pora olgani aytilgandi.
Buxoroda xodimni ishga saqlab qolish uchun 300 ming so‘m talab qilgan maktabgacha ta’lim tashkilotining mudirasi qo‘lga olindi.
Jizzaxda 2 nafar fuqaroni 18 ming AQSh dollari evaziga xorij universitetlaridan biriga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lganlar ushlandi. Firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkentda Chirchiq davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi ikki fuqarodan ushbu OTM yoki ToshDPUga o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da berib, 6000 dollar olayotganda ushlandi.
Gulistonda hokim o‘rinbosari fuqaroni kam ta’minlangan oilalar uchun qurilayotgan ko‘p qavatli arzonlashtirilgan uy-joylardan xonadon olish uchun ro‘yxatga qo‘yib, buning evaziga 400 dollar pora olayotgan paytida qo‘lga tushdi.
Prokuratura organlariga ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxs so‘ralgan 30 ming dollardan 5 ming dollarini olayotganida qo‘lga olindi.
Toshkent viloyatidagi korxona rahbari Q.T. 460 ga yerni bir tadbirkorga noqonuniy rasmiylashtirib berishni taklif qiladi. Evaziga esa 3 mln 720 ming AQSH dollari talab qiladi. Tadbirkordan aytilgan summani olayotgan vaqtida Q.T. ashyoviy dalil bilan qo‘lga olinadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashda ko‘maklashgan shaxslar 5,5 mln so‘mgacha bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishi mumkin. Ushbu shaxslar davlat mukofotiga ham tavsiya etilishi ham mumkin. Hukumat qarori bilan rag‘batlantirish asoslari belgilandi.
Buxoro viloyati Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i pora olayotganida ushlangan. U karantin qoidalarini buzgan korxonaga jarima tayinlamaslik evaziga 400 AQSH dollari va 500 ming so‘m pora talab qilgan.
Bosh prokuratura korrupsiya haqida xabar qilganlarga bir martalik pul mukofoti berilishini ko‘zda tutuvchi qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. Unga ko‘ra, pul mukofoti miqdori pora, yetkazilgan zarar miqdori yoki o‘g‘irlangan mulk qiymatiga bog‘liq holda — bazaviy hisoblashning 3 baravaridan summaning 10−15 foizigacha beriladi.
Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ushlandi. U 15 gektar yer maydoni ajratib berish evaziga 20 ming AQSH dollari miqdorida pora talab qilganlikda ayblanmoqda.
Samarqandda Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yaman, deb 27200 dollar olgan firibgar ushlandi. U yana 300 dollar talab qilib, pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushirilgan.
Xorazmda 6 ming dollar bilan qo‘lga tushgan o‘qituvchidan 3,5 mingini olgan universitet o‘qituvchisi Toshkentda ushlandi
“O‘zbekiston 24” telekanali Yangiyo‘l tuman IIB xodimi 10 ming dollar, SamDU katta o‘qituvchisi va xodimi 6000 dollar hamda SamDCHU o‘qituvchisi 2000 dollar pora olayotganda ushlangani haqida xabar qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting