«Mikrokreditbank» Samarqand filiali rahbari pora bilan qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, bank filiali rahbari B.H. (1982 y.t.) Samarqand shahridagi MCHJga 2 mlrd so‘m kredit ajratib berish evaziga tadbirkordan 10 ming AQSh dollari miqdorida pora talab qilib, oldindan 4 mingini olgan.

Samarqand viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda B.H. qolgan 6 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Hozirda, mansabdorga nisbatan, JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.