May oyida Uchtepa tuman prokuraturasi tergovchisi 50 ming dollar pora bilan ushlangan edi. Yashnobod tuman sudi gumonlanuvchini aybdor deb topib, 13 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
Yil boshidan buyon o‘qishga kiritish bilan bog‘liq 127 ta jinoyat fosh etildi, shundan 34 tasi o‘qishni xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish bilan bog‘liq. Hududlar kesimida eng ko‘p jinoyat Andijon, Farg‘ona va Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda. 200 nafar huquqbuzardan 31 nafari ta’lim sohasida ishlashi ma’lum bo‘ldi.
Quva tumanida YPX inspektori fuqarolardan pora olishga uringanlikda gumonlanmoqda. U o‘tkazilgan tezkor tadbir vaqtida o‘zini nosamimiy tutib ketib qolgan. To‘plangan hujjatlar prokuraturaga oshirildi.
Jizzax davlat pedagogika instituti bo‘lim boshlig‘i fuqaroning o‘qishini ko‘chirib berishni va’da qilib, buning evaziga $2500 olgan vaqtida qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi hokim yordamchisi tadbirkordan 35 ming dollar pora olayotgan vaqtida ushlandi.
Samarqandda «Mikrokreditbank» filiali rahbari tadbirkorga kredit ajratib berish evaziga 10 ming dollar pora talab qilib, aytilgan summaning 6 mingini olayotganda qo‘lga tushdi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Nishon tuman Xalq ta’limi bo‘limi bosh mutaxassisi tadbirkordan maktabning eski binosini buzish huquqi uchun 5400 dollar pora talab qilgani aytilmoqda. U pullarni olgan vaqtida ushlangan.
Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimi yordamchisi va kadastr bo‘limining sobiq xodimi 1000 dollar pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Ular tadbirkorga turar-joy binosi qurish uchun ruxsatnoma va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilishgan.
O‘zbekiston hakamlik sudlari assotsiatsiyasi Toshkent shahar hakamlik sudyasi 2,5 ming dollar pora olayotganda ushlangani haqidagi xabarlarni rad etdi. Jinoyat ustida qo‘lga olingan shaxsning Xalqaro arbitraj sudi sudyasi ekani ma’lum qilindi.
Toshkent shahar hakamlik sudi sudyasi ishni javobgarning foydasiga hal qilib berish evaziga 4 ming dollar talab qilib, shundan 2,5 ming dollarni olganida qo‘lga tushgani aytilmoqda. Gumondorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Xorazm viloyati Hazorasp tumani hokimining o‘rinbosari fuqaroga yer ajratib berish hamda noqonuniy qurilgan binoni buzdirmaslik evaziga 12 ming dollar pora olayotganda qo‘lga tushgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ishtixon tuman Davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi tadbirkorga ajratilgan yer hujjatlarini qayta rasmiylashtirib berish uchun 12 ming dollar so‘ragani ma’lum qilindi. Gumonlanuvchi shundan 6 ming dollarini tanishi orqali olgan vaqtida ushlangan.
Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hokimligi xodimi fuqaroga auksion savdosida 500 gektarlik yaylovni 35 ming dollarga evaziga olib berishni va’da qilib, pulning 20 ming dollarini olayotganda ushlandi.
Jarqo‘rg‘on tumani hokimining yordamchisi fuqarodan 60 sotix yer maydonini olib berish evaziga 5,5 mln so‘m so‘ragani xabar qilindi. U pulni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ukrainadan evakuatsiya qilingan talabalar o‘qishini O‘zbekistonda davom ettirishi, rublning so‘mga nisbatan kursini mustaqil belgilayotgan tijorat banklari, davlat tashkilotlarida ishlashiga ruxsat berilgan talabalar, Yaponiyaga 5 yildan keyin oilasini ham olib ketishi mumkin bo‘lgan maxsus maqomdagi migrantlar va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 4 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qashqadaryoda yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i sherigi bilan pora olayotganda qo‘lga tushgani aytilmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Farg‘ona viloyatida to‘rt nafar shaxs Qirg‘izistonda tahsil olayotgan 30 nafar talabaga o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirib berishga va’da bergan. Ular o‘z xizmati uchun 67 ming dollar olayotganida DXX va prokuratura xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
YTHlar soni yil davomida 43 foizga, o‘lim esa 24 foizga ko‘paygani, 3 yil bir postda ishlagan bojxonachilarning rotatsiya qilinishi, $100 ming pora bilan ushlangani aytilgan Jizzax pedinstitut xodimi, Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylangan Shomurodov, rekonstruksiya qilinadigan Bobur ko‘chasi, MOQ raisligidan ketgan Rustam Shoabdurahmonov va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 17 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Farg‘ona viloyati Transport boshqarmasi xodimi tadbirkorga Farg‘ona shahridagi 30-avtomobil yo‘nalishini 1 500 dollar evaziga 3 yilga biriktirib berishni va’da qilgan. Shundan 1 000 dollarini olgan vaqtida tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Surxondaryo viloyatida maktab internati direktorining o‘rinbosari va viloyat XTB kadrlar bo‘limi rahbari fuqaroga 13 ming dollar evaziga internat direktori lavozimini olib berishni va’da qilganligi aniqlandi. Ularning ikkisi ham so‘ralgan mablag‘dan 5 ming dollardan olayotgan vaqtda qo‘lgan olingan, holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting