Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va Qashqadaryo viloyat IIB tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deya xabar berdi Departament matbuot xizmati.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati
Ma’lum bo‘lishicha, Nishon tumani Xalq ta’limi bo‘limi maxsus ta’mirlash ekspulatatsiya xizmati bosh mutaxassisi J.I. tumandagi 2-sonli maktabning eski binosini buzib olish ishlarini olib borish uchun bo‘lim mudiri orqali «hamkorlik» shartnomasi rasmiylashtirib berishi evaziga «Q.T.» MCHJ rahbaridan 5400 AQSh dollari pora talab qilgan. U pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Avvalroq, Paxtaobodda zaxiradagi yerni sotmoqchi bo‘lgan irrigatsiya va kadastr bo‘limi xodimlari ushlangani haqida yozgan edik.