O‘zbekiston hakamlik sudlari assotsiatsiyasi OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent shahar hakamlik sudyasi pora olayotganida ushlangani haqidagi xabarlarni rad etdi.

O‘zbekiston hakamlik sudlari assotsiatsiyasining O‘zAga ma’lum qilishicha, Toshkent shahar hakamlik sudining sudyalari pora bilan ushlangan emas.

«Jinoyat ustida pora bilan ushlanganlar Xalqaro arbitraj sudining sudyalaridir», — deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni Bosh prokuratura departamenti O‘zbekiston halqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi Toshkent shahar hakamlik sudi sudyasi ishni javobgarning foydasiga hal qilib berish evaziga 4 ming dollar talab qilib, shundan 2,5 ming dollarni olganida qo‘lga tushganini xabar qilgan edi.