Toshkent viloyati Ohangaron tumani hokimligi xodimi 20 ming dollar pora olayotganda ushlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.

U fuqarolardan birini 35 ming dollar evaziga tog‘li hududdan 500 gektar yaylov yerni elektron auksion savdoda yutib, hujjatlarini rasmiylashtirib berishiga ishontirgan.

Hokimlik xodimi talab qilingan pulning 20 ming dollarini avans sifatida olayotgan vaqtda DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan ushlandi.