O‘zbekiston halqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi Toshkent shahar hakamlik sudi sudyasi pora olganlikda gumonlanmoqda. Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlandi.

Sudya M.K. da’vogar F.T. va javobgar M.X. ning ishi bo‘yicha masalani M.X. ning foydasiga hal qilib berish hamda ushbu qarorning kelgusida bekor bo‘lmasligini o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hal qilib berishini aytgan.

U javobgar M.X. dan 4000 AQSh dollari talab qilib, shundan 2500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.