«pora» tegli maqolalar


30 ming dollar evaziga prokuraturaga ishga joylashni va’da qilgan shaxs ushlandi
4 aprel 2021, 17:07

30 ming dollar evaziga prokuraturaga ishga joylashni va’da qilgan shaxs ushlandi

Prokuratura organlariga ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxs so‘ralgan 30 ming dollardan 5 ming dollarini olayotganida qo‘lga olindi.

3,7 mln dollarga yerni rasmiylashtirib berishini aytgan fuqaro ushlandi
21 yanvar 2021, 10:33

3,7 mln dollarga yerni rasmiylashtirib berishini aytgan fuqaro ushlandi

Toshkent viloyatidagi korxona rahbari Q.T. 460 ga yerni bir tadbirkorga noqonuniy rasmiylashtirib berishni taklif qiladi. Evaziga esa 3 mln 720 ming AQSH dollari talab qiladi. Tadbirkordan aytilgan summani olayotgan vaqtida Q.T. ashyoviy dalil bilan qo‘lga olinadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashga hissa qo‘shganlar davlat mukofotiga tavsiya etilishi mumkin
2 yanvar 2021, 12:42

Korrupsiyaga qarshi kurashga hissa qo‘shganlar davlat mukofotiga tavsiya etilishi mumkin

Korrupsiyaga qarshi kurashda ko‘maklashgan shaxslar 5,5 mln so‘mgacha bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishi mumkin. Ushbu shaxslar davlat mukofotiga ham tavsiya etilishi ham mumkin. Hukumat qarori bilan rag‘batlantirish asoslari belgilandi.

Buxoroda sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i pora bilan ushlandi
9 noyabr 2020, 15:15

Buxoroda sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i pora bilan ushlandi

Buxoro viloyati Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i pora olayotganida ushlangan. U karantin qoidalarini buzgan korxonaga jarima tayinlamaslik evaziga 400 AQSH dollari va 500 ming so‘m pora talab qilgan.

Korrupsiya haqida xabar qilganlarga pul mukofoti beriladi
20 avgust 2020, 14:09

Korrupsiya haqida xabar qilganlarga pul mukofoti beriladi

Bosh prokuratura korrupsiya haqida xabar qilganlarga bir martalik pul mukofoti berilishini ko‘zda tutuvchi qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. Unga ko‘ra, pul mukofoti miqdori pora, yetkazilgan zarar miqdori yoki o‘g‘irlangan mulk qiymatiga bog‘liq holda — bazaviy hisoblashning 3 baravaridan summaning 10−15 foizigacha beriladi.

Xorazmda kadastr bo‘limi boshlig‘i tadbirkordan 20 ming dollar pora talab qildi
20 avgust 2020, 11:27

Xorazmda kadastr bo‘limi boshlig‘i tadbirkordan 20 ming dollar pora talab qildi

Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ushlandi. U 15 gektar yer maydoni ajratib berish evaziga 20 ming AQSH dollari miqdorida pora talab qilganlikda ayblanmoqda.

Samarqandda Milliy gvardiyaga ishga kiritaman, deb 27200 dollar olgan firibgar ushlandi
18 avgust 2020, 18:34

Samarqandda Milliy gvardiyaga ishga kiritaman, deb 27200 dollar olgan firibgar ushlandi

Samarqandda Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yaman, deb 27200 dollar olgan firibgar ushlandi. U yana 300 dollar talab qilib, pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushirilgan.

Hozarasp tumanidagi maktab va O‘zDJTSU o‘qituvchilari pora bilan qo‘lga tushdi
3 iyul 2020, 19:36

Hozarasp tumanidagi maktab va O‘zDJTSU o‘qituvchilari pora bilan qo‘lga tushdi

Xorazmda 6 ming dollar bilan qo‘lga tushgan o‘qituvchidan 3,5 mingini olgan universitet o‘qituvchisi Toshkentda ushlandi

Yangiyo‘l tuman IIB xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi
3 iyul 2020, 14:23

Yangiyo‘l tuman IIB xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

“O‘zbekiston 24” telekanali Yangiyo‘l tuman IIB xodimi 10 ming dollar, SamDU katta o‘qituvchisi va xodimi 6000 dollar hamda SamDCHU o‘qituvchisi 2000 dollar pora olayotganda ushlangani haqida xabar qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting