Farg‘ona viloyati Transport boshqarmasi xodimi tadbirkordan pora olayotgan vaqtda ushlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Farg‘ona viloyati Transport boshqarmasining avtomobil tashuvlarini nazorat qilish bo‘limi bosh inspektori D.M. aholiga transport xizmati ko‘rsatuvchi «Z.F.» MCHJga Farg‘ona shahridagi 30-avtomobil yo‘nalishini 1 500 AQSh dollari evaziga 3 yilga biriktirib berishni va’da qilgan.

Boshqarma xodimi MCHJ rahbari Z.dan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Farg‘ona shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.