Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani hokimining yordamchisi B.X. fuqarodan 5,5 million so‘m miqdorida pora olayotgan vaqtda ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, fuqaro A.M. tumandagi «Yangiobod» mahallasi hududida stadion va sport majmuasi qurish uchun hokimlik orqali yer maydoni olmoqchi bo‘lgan. B.X. esa unga «Ye-auksion» orqali tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 60 sotix yer maydonini tanishlari orqali olib berishda yordamlashishi mumkinligini aytib, buning evaziga 5,5 mln so‘m so‘ragan. U talab qilingan pullarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ilk hokim yordamchisi tuman hokimi lavozimiga tayinlangani xabar qilingan edi. Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumaniga «Madeli» ovul fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan Baxtiyar Menglibekov hokim bo‘ldi.