Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani IIO FMB YHXB boshlig‘i S.Umarov va uning jinoiy sherigi pora olish jarayonida qo‘lga tushgani aytilmoqda. Bu haqda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hozirda gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun, mazkur jinoyat uchun BHMning 50−100 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 2−5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi mumkin.