«o‘zgidromet» tegli maqolalar


O‘zbekistonda havo sifati bo‘yicha milliy standartlar ishlab chiqiladi
23 yanvar 2024, 09:04

O‘zbekistonda havo sifati bo‘yicha milliy standartlar ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda havo sifatiga oid milliy standartlar ishlab chiqiladi. JSST tavsiyalariga geografik va iqlimiy xususiyatlar tufayli erishish qiyin, hech bir mamlakatdagi ko‘rsatkichlar JSST standartiga muvofiq emas, deya ta’kidladi Ekologiya vazirligi. Havo bilan bog‘liq kasalliklar bo‘yicha ham o‘rganishlar boshlandi.

Yakshanbada kun ochiq va quyoshli bo‘ladi
19 yanvar 2024, 11:14

Yakshanbada kun ochiq va quyoshli bo‘ladi

Dam olish kunlari O‘zbekistonning faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida vaqtincha yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Shanba kuni harorat +3…+8 darajagacha, yakshanbada esa +10 daraja iliqqacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

19−21-yanvar kunlari tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
18 yanvar 2024, 11:09

19−21-yanvar kunlari tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

Yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli 19−21-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud.

Dam olish kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir, qor yog‘adi
12 yanvar 2024, 19:04

Dam olish kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir, qor yog‘adi

Shanba kuni O‘zbekiston hududiga nam havo massasi, yakshanba kuni esa antitsiklon kirib kelishi boshlanadi. Dam olish kunlari ba’zi joylarda qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kunduzi harorat +10…+15 daraja bo‘ladi.

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
10 yanvar 2024, 19:14

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

11−16-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Avvalroq O‘zgidromet 11-yanvardan O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo kirib kelishi, tog‘li hududlarda qor yog‘ishidan ogohlantirgandi.

Yakshanba kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi
6 yanvar 2024, 11:18

Yakshanba kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi

Shanba kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi boshlanadi. 7-yanvar kuni Farg‘ona vodiysidan boshqa hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kunduzi harorat +9…+14 daraja bo‘ladi.

“Ai-80 benzini, isitishda mazut va ko‘mirdan foydalanish”. O‘zgidromet rahbari — Toshkent havosi ifloslanishi sabablari haqida
29 dekabr 2023, 15:42

“Ai-80 benzini, isitishda mazut va ko‘mirdan foydalanish”. O‘zgidromet rahbari — Toshkent havosi ifloslanishi sabablari haqida

O‘zgidromet rahbari Sherzod Habibullayev “Daryo”ga bergan intervyusida Toshkent shahri havosining ifloslanish sabablari haqida gapirdi. Unga ko‘ra, sovuq havoda isitish tizimlari gazdan tashqari mazut va ko‘mir bilan ishlagan, gaz shoxobchalarining yopilishi esa Ai-80 benzini iste’molining oshishiga olib kelgan.

Seshanba kuni hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
18 dekabr 2023, 11:15

Seshanba kuni hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

Seshanbadan nisbatan sovuq havo massasi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqalib, aksariyat hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi. 19−21-dekabr kunlari harorat kechasi −0…−10 darajagacha, kunduzi −2…−7 darajagacha pasayadi. Jumadan havo +9 darajagacha isiydi.

Ikki viloyatda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
16 dekabr 2023, 09:55

Ikki viloyatda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 16−18-dekabr kunlari qor ko‘chishi mumkin.

Havo shanba kuni ba’zi hududlarda qor va yomg‘irli, yakshanbada esa quruq bo‘ladi
15 dekabr 2023, 11:15

Havo shanba kuni ba’zi hududlarda qor va yomg‘irli, yakshanbada esa quruq bo‘ladi

O‘zbekistondan sovuq antitsiklon tez chekinmoqda. Juma va yakshanba kunlari kunduzi mamlakatning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat +7 darajagacha isiydi. Shanba esa biroz yomg‘ir va qorli o‘tishi, tuman tushishi kutilmoqda.

Dekabrning ikkinchi yarmida qanday ob-havo kutilmoqda?
14 dekabr 2023, 10:36

Dekabrning ikkinchi yarmida qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda dekabr oyining ikkinchi yarmida kechalari havo harorati 0…-5 daraja sovuqdan −3…−8 darajagacha, kunduzi +5…+10 daraja iliqdan +7…+12 darajagacha o‘zgarib turadi. Oy oxirida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

Juma kuni harorat +9 darajagacha ko‘tariladi
13 dekabr 2023, 17:18

Juma kuni harorat +9 darajagacha ko‘tariladi

14-dekabrdan O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati asta-sekin ko‘tarila boshlaydi. 15−17-dekabr kunlari kechasi 0…+2 darajagacha, kunduzi 0…+9 darajagacha o‘zgarib turadi. 16-dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin.

Haftaning ikkinchi yarmidan harorat ko‘tarila boshlaydi
11 dekabr 2023, 11:50

Haftaning ikkinchi yarmidan harorat ko‘tarila boshlaydi

Dushanba va seshanba kunlari respublikaning ko‘plab hududlarida yomg‘ir va qor yog‘adi. Harorat kechalari −8…−20 daraja, kunduzi −3…−12 daraja atrofida bo‘ladi. Joylarda tuman tushib, yaxmalak yuzaga keladi. Chorshanbadan jumagacha harorat +7 darajagacha ko‘tarilishi va yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Dam olish kunlari ayrim hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi
7 dekabr 2023, 12:39

Dam olish kunlari ayrim hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi

Dam olish kunlarida O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Harorat kechasi +5…−10 daraja, kunduzi +10…-5 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
7 dekabr 2023, 10:20

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

8−13-dekabr kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Shuningdek, 10−12-dekabr kunlari Qamchiq dovonida kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

O‘zbekistonda bu yilgi kuz kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi
5 dekabr 2023, 17:19

O‘zbekistonda bu yilgi kuz kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi

O‘zbekistonda 2023-yil kuzi, xususan, noyabr oyi meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng issig‘i bo‘ldi. Faslning so‘nggi oyida harorat +28 darajagacha ko‘tarildi. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kam va me’yor atrofida bo‘ldi.

Iliq havo hafta o‘rtasigacha saqlanib turadi
4 dekabr 2023, 10:45

Iliq havo hafta o‘rtasigacha saqlanib turadi

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘ylab quruq va o‘ta iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kunduzi +15…+20 daraja bo‘ladi. Keyinchalik harorat foni pasayib, juma kuni kechasi 0…+5, kunduzi +7…+12 darajagacha tushishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda kelasi hafta harorat -17 darajagacha pasayib, qor yog‘ishi mumkin
4 dekabr 2023, 09:42

O‘zbekistonda kelasi hafta harorat -17 darajagacha pasayib, qor yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonga 9-dekabrdan Rossiyaning shimoliy hududlaridan juda sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Harorat kechalari −17, kunduzi -10 darajagacha pasayishi, 10−11-dekabr kunlari respublika bo‘ylab qor yog‘ishi mumkin.

Dekabr oyida qanday ob-havo kuzatiladi?
29 noyabr 2023, 19:29

Dekabr oyida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda dekabr oyi qish uchun xos bo‘lmagan iliq ob-havo bilan boshlanadi. Oy oxirigacha harorat kechasi −6…+8 daraja, kunduzi +2…+18 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchiliklar kuzatiladi.

Dam olish kunlari havo harorati pasayib, yomg‘ir yog‘adi
17 noyabr 2023, 12:47

Dam olish kunlari havo harorati pasayib, yomg‘ir yog‘adi

Dam olish kunlari O‘zbekistonga nam va sovuq havo massasi kirib keladi. Harorat kechasi +5…+10, kunduzi +13…+18 darajagacha pasayadi. Shanba kuni respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi. Joylarda shamol tezligi kuchayishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting