O‘zbekistonda dam olish kunlari aksar hududlarda yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. O‘zgidromet xabariga ko‘ra, juma kuni O‘zbekiston hududiga nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

Yog‘ingarchilik faqat respublikaning sharqiy hududlarida ba’zi joylarda bo‘lishi ehtimoli bor. Havo harorati kunduzi +5…+10 darajadan, shimolda −3…+2 daraja atrofida bo‘ladi.

Shanba kuni Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir yoki qor yog‘adi. Ko‘p hududlarda harorat kechasi 0…-5, kunduzi +3…+8 darajagacha, shimolda kechasi −8…−13 daraja sovuq, kunduzi +5 darajagacha iliq bo‘ladi.

Yakshanbada kun ochiq va quyoshli bo‘ladi. Harorat kechasi -5 darajagacha sovuq, kunduzi +7…+10 daraja iliqqacha ko‘tariladi. 20−21-yanvarda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida ushbu kunlarda qor ko‘chishi xavfi bor.