O‘zgidromet agentligi matbuot xizmati 13−14-yanvar kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Shanba kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massasi kirib kelishi, yakshanba kuni esa antitsiklon kirib kelishi kutilmoqda, ushbu antitsiklon asosan O‘zbekistonning shimoliy hududlariga ta’sir etadi. Dam olish kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Dam olishi kunlari harorat kechalari +2…+7 daraja, kunduz kunlari +10…+15 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Shanba kuni shimolda kechasi +0…+5 sovuq, kunduzi +5…+10 iliq bo‘ladi, yakshanaba kuni kechasi va kunduzi +5…+10 sovuqqacha pasayadi.

Shu kunlarda tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, 13-yanvarda ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Poytaxtda dam olish kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kuzatiladi, shamol o‘rtacha tezlikda esadi, 13-yanvarda +12…+15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechasi harorat +5…+7 iliq, kunduzi +12…+15 iliq atrofida bo‘ladi.