Gidrometeorologiya xizmati agentligi Toshkent va Namangan viloyatlarida 16−18-dekabr kunlari qor ko‘chishi xavfini e’lon qildi.

Bu kunlarda kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

  • Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  • Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko‘chishi mumkin.

Shanba kuni tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0…-5 daraja sovuq bo‘ladi.