Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet xizmati agentligi matbuot xizmati.

Juma kuni O‘zbekiston hududida juda iliq va quruq bo‘lgan ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida Navoiy, Buxaro viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi, havo harorati +22…+27 daraja atrofida bo‘ladi.

Shanba kuni respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining quruq havo saqlanib turadi.

Yakshanba kuni respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik to‘xtaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Harorat dam olish kunlari kechasi +5…+10 darajagacha, kunduzi +13…+18 darajagacha pasayadi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayadi, 18-noyabrda 21−23 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Toshkent shahrida juma kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shanba kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 19-noyabr biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5−10 m/s tezlikda esadi, 18-noyabr 12−15 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat bugun kunduzi +24…+26 daraja bo‘ladi, 18-noyabrda +20…+22 darajagacha, 19-noyabrda +16…+18 darajagacha asta-sekin pasayadi. Shanba kuni havo harorati kechalari +7…+9 darajagacha pasayadi.