O‘zgidromet xizmati agentligi dekabr oyining ikkinchi yarmida O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilayotgani bo‘yicha ma’lumot berdi.

19-dekabrda respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida, 20-dekabrda markaziy viloyatlarda va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, dekabr oyining oxirgi besh kunlik ayrim kunlarida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda (1−2 kun) yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

Harorat 18-dekabrda kechasi 0…-5 daraja sovuq, kunduzi +5…+10, 19−20-dekabrda kechasi −3…+2 daraja bo‘ladi, kunduzi 0…+5 gacha pasayadi.

21−31-dekabrda harorat kechalari 0…+5 iliqdan −3…−8 sovuqqacha, kunduz kunlari 0…+5 iliqdan +7…+12 iliqqacha, shimolda kechalari 0…-5 sovuqdan −10…−15 sovuqqacha, kunduz kunlari 0…+5 dan −2…−7 sovuqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.