«o‘zgidromet» tegli maqolalar


O‘zbekistonda harorat 20-iyundan pasaya boshlaydi
16 iyun 2023, 17:13

O‘zbekistonda harorat 20-iyundan pasaya boshlaydi

O‘zgidromet uzoq davom etgan yuqori harorat Kavkazdan nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi sababli pasayishini bildirdi. 20-iyundan respublikaning barcha hududlari bo‘yicha harorat 4−6 darajaga pasayadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, toshqinlar yuz berishi mumkin.

O‘zbekistonning 8 ta viloyatida toshqin xavfi e’lon qilindi
16 iyun 2023, 16:38

O‘zbekistonning 8 ta viloyatida toshqin xavfi e’lon qilindi

18−21-iyun kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 8 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

O‘zbekistonda dam olish kunlari ob-havo quruq va issiq bo‘ladi
16 iyun 2023, 11:39

O‘zbekistonda dam olish kunlari ob-havo quruq va issiq bo‘ladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Harorat +43 darajagacha isiydi. Ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Hafta davomida harorat yana ko‘tarilishda davom etadi
12 iyun 2023, 11:45

Hafta davomida harorat yana ko‘tarilishda davom etadi

Dam olish kunlari harorat biroz pasaygan bo‘lsa, yangi haftada asta-sekin ko‘tarilib, +40…+42 darajagacha yetadi, bu davrning iqlimiy qiymatlaridan yuqoridir. Faqat Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Yoz chillasida jaziramadan qanday saqlanish mumkin?
8 iyun 2023, 11:58

Yoz chillasida jaziramadan qanday saqlanish mumkin?

O‘zbekistonda yoz chillasining ilk kunlarida issiq qisqa muddatga biroz kuchsizlanadi. O‘zgidromet va SSV 25-iyundan boshlanadigan 40 kunlik saraton davrida issiqdan qanday himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

O‘zbekistonda hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi
5 iyun 2023, 11:16

O‘zbekistonda hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi

O‘zbekistonda ish haftasi davomida haroratning asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. Kunduzi havo +40 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +42 darajagacha isiydi. Bu iyun oyining birinchi o‘n kunligi uchun me’yordan 4−6 daraja yuqori hisoblanadi.

O‘zbekistonda iyun oyi me’yordan 2−3 daraja issiqroq bo‘ladi
1 iyun 2023, 14:11

O‘zbekistonda iyun oyi me’yordan 2−3 daraja issiqroq bo‘ladi

2015-yildan buyon O‘zbekistonda yozgi havo harorati me’yordan yuqori bo‘lib kelmoqda. O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, bu yilgi iyun oyida harorat me’yordan 2−3 daraja issiq bo‘ladi. Ayrim kunlarda hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, lekin yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda hafta davomida havo issiq bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
29 may 2023, 10:44

O‘zbekistonda hafta davomida havo issiq bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonda ish haftasi davomida kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari +15…+20 daraja, kunduzi +35…+37 darajagacha bo‘ladi.

O‘zbekistonning 9 ta viloyatidagi ayrim joylarida sel kelishi mumkin
24 may 2023, 09:36

O‘zbekistonning 9 ta viloyatidagi ayrim joylarida sel kelishi mumkin

24−26-may kunlari respublikaning tog‘li va Qirg‘iziston hamda Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi.

Namanganda meteorologik radiolokator o‘rnatildi
24 may 2023, 09:19

Namanganda meteorologik radiolokator o‘rnatildi

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida 200 km radiusdagi ob-havo hodisalari haqida ma’lumot beruvchi meteorologik radiolokator ishga tushirildi. O‘tgan yili xuddi shunday lokator Buxoro viloyatida ham o‘rnatilgandi. Bu qurilmalar O‘zbekistonda yerusti meteorologik radarlarining yagona tarmog‘ini yaratadi.

O‘zbekistonda hafta issiq bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
22 may 2023, 11:40

O‘zbekistonda hafta issiq bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonda ish haftasi issiq bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Antitsiklon ta’sirida haftaning o‘rtalarida havo harorati +25 darajaga tushadi, biroq hafta oxiriga kelib yana +33 darajagacha ko‘tariladi.

O‘zbekistonning 9 ta hududida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
18 may 2023, 09:34

O‘zbekistonning 9 ta hududida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

18−20-may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

O‘zbekistonda hafta o‘rtasida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘adi
15 may 2023, 12:10

O‘zbekistonda hafta o‘rtasida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekistonning aksariyat hududlarida hafta o‘rtasida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi +10 darajagacha, kunduzi +17 darajagacha pasayadi. Toshkentda chorshanba va payshanba kunlari momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘adi.

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo o‘zgarib turadi
12 may 2023, 11:52

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo o‘zgarib turadi

Shanba kuni O‘zbekistonning katta qismida yomg‘ir yog‘adi. Yakshanba kuni esa havo ochiq va quyoshli bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Harorat kechalari +13…+20 daraja, kunduzi +27…+35 daraja atrofida bo‘ladi.

O‘zbekistonda 14−17-may kunlari nam va salqin havo bo‘lishi kutilmoqda
12 may 2023, 10:28

O‘zbekistonda 14−17-may kunlari nam va salqin havo bo‘lishi kutilmoqda

14−17-may kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo kirib keladi. Ko‘plab hududlarda kuchli yomg‘ir, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Havo harorati +17 darajagacha pasayadi.

O‘zgidromet — 102 yoshda. O‘zbekistonda gidrometeorologiya xizmati qanday rivojlangan?
11 may 2023, 11:47

O‘zgidromet — 102 yoshda. O‘zbekistonda gidrometeorologiya xizmati qanday rivojlangan?

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati bu yil 102 yilligini nishonlamoqda. Turkiston meteorologiya instituti tashkil etilgan 1921-yilning 7-mayi O‘zgidromet tavallud topgan kun sifatida nishonlanadi. XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi kungacha xizmatning qanday rivojlangani — “Gazeta.uz” fotomaterialida.

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
11 may 2023, 09:50

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

12−13 va 16−17-may kunlari O‘zbekistonda kuzatiladigan kuchli yomg‘irlar sababli 9 ta viloyatda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.

Hafta davomida harorat 38 darajagacha isiydi
8 may 2023, 12:23

Hafta davomida harorat 38 darajagacha isiydi

O‘zbekistonda kunlar hafta davomida isib boradi, quruq ob-havo bo‘ladi. Harorat kechalari +13…+18, kunduzi janub va cho‘l hududlarda +36…+38 darajagacha yetadi. Chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor.

Bir xonaga jamlangan bir asrlik tarix — O‘zgidromet muzeyiga sayohat
7 may 2023, 16:25

Bir xonaga jamlangan bir asrlik tarix — O‘zgidromet muzeyiga sayohat

Bundan 102 yil avval O‘zbekistonda gidrometerologiya xizmati tashkil etilgan edi. Xizmatning 75 yillik yubileyida — 1996-yilning 7-may kuni O‘zgidromet muzeyi ochilgan. “Gazeta.uz” 400 ga yaqin eksponati bilan O‘zgidrometning bir asrdan ko‘proq davom etgan faoliyatini ko‘rsatib beruvchi muzey bilan tanishtiradi.

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo salqin bo‘ladi
5 may 2023, 11:33

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo salqin bo‘ladi

Shanba kuni O‘zbekistonga Kaspiy dengizidan nam va nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Havo harorati kunduzi +18 darajagacha pasayadi. Yakshanba kuni qator viloyatlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting