«namangan viloyati» tegli maqolalar


Namangan viloyatida sel yo‘llarga zarar yetkazdi
7 may 2021, 08:13

Namangan viloyatida sel yo‘llarga zarar yetkazdi

Namangan viloyatida sel kelishi natijasida ayrim yo‘l uchastkalari zarar ko‘rdi. 7 may kuniga belgilangan №60 Toshkent — Andijon poyezdi qatnovi bekor qilindi.

Namanganda xotinini ketmon bilan kaltaklagan erkakka jinoiy ish qo‘zg‘atildi
28 aprel 2021, 10:25

Namanganda xotinini ketmon bilan kaltaklagan erkakka jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Namangan viloyatida shar’iy turmushdagi xotinini muntazam qiynab, do‘pposlab kelgan fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tibbiy ekspertizada jabrlanuvchining tanasida yengil tan jarohatlari aniqlangan. Ijtimoiy tarmoqlarda er xotinini arqon bilan bog‘lab, ketmon dastasi singuncha kaltaklaganligi aytilmoqda.

Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi tayyor bo‘lmoqda
26 fevral 2021, 15:52

Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi tayyor bo‘lmoqda

Namangan viloyati hokimi prezident tanqid qilgan “Bunyodkor” mahallasida yashashini ma’lum qilgan edi. Hozirda ushbu hududda konteyner o‘rnatilib, uning atrofi devor bilan o‘raldi. Bundan tashqari, uy hovlisida fuqarolarni qabul qilish, suhbatlashish, murojaatlarini tinglash uchun maxsus ayvon ham barpo etilmoqda.

«Sizlarga qo‘shni bo‘laman». Namangan viloyati hokimi prezident borgan mahallada yashashini aytdi
20 fevral 2021, 21:36

«Sizlarga qo‘shni bo‘laman». Namangan viloyati hokimi prezident borgan mahallada yashashini aytdi

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazoqov prezident rejalashtirilmagan tarzda borgan «Bunyodkor» mahallasida muammolar o‘z yechimini topguniga qadar yashashini aytdi. «Bugun shu yerga konteyner o‘rnaydi va unga „viloyat hokimining uyi“ deb yozib qo‘yiladi», — dedi hokim. Boshqa hududlardagi muammolar ham shu tarzda hal etilishi ma’lum qilindi.

«Namanganga o‘ttiz yillik tarixda buncha mablag‘ kelmagan» — Shavkat Mirziyoyev
19 fevral 2021, 17:25

«Namanganga o‘ttiz yillik tarixda buncha mablag‘ kelmagan» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga 2021−2022 yillarda umumiy qiymati 23 trln 700 mlrd so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshirilishi haqida ma’lum qildi. Bundan tashqari, Namangan shahri infratuzilmasini yaxshilashga, loyihalarni moliyalashtirish va limonchilikni rivojlantirishga 60 mln dollar ajratiladi. «Agar shuni to‘g‘ri, samarali yo‘naltirib ishlatsak, viloyatning iqtisodiyoti jadal rivojlanadi, hamma tumanlarga sanoat kirib boradi, odamlar ishli bo‘ladi», — dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi
18 fevral 2021, 10:23

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga yo‘l oldi. Tashrif davomida sanoat korxonalari, qishloq xo‘jaligi loyihalari, bunyodkorlik ishlari bilan tanishish rejalashtirilgan.

Namanganda fuqarolarni Rossiyaga soxta hujjatlar bilan jo‘natishga urinishdi
15 fevral 2021, 20:27

Namanganda fuqarolarni Rossiyaga soxta hujjatlar bilan jo‘natishga urinishdi

Bosh prokuratura va DXX Namanganda fuqarolarni Rossiyaga soxta hujjatlar bilan jo‘natishga uringan shaxslarni qo‘lga oldi. Ular karantin davrida Federatsiyaga kirish taqiqlanganidan foydalanib, ikki kishini davolanish uchun hujjatlarni soxtalashtirib, yubormoqchi bo‘lgan.

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
19 yanvar 2021, 17:45

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

G‘ulomjon Murodxo‘jayev Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Namanganda ham suv ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda
11 yanvar 2021, 12:54

Namanganda ham suv ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

Namangan «Paxtaliko‘l» suv uzatish inshootida favqulodda nosozlik sodir bӯldi. Natijada viloyatning 10 dan ortiq mahallalari ichimlik suvi ta’minotidan uzildi.

Namanganda gazga navbatda turgan fuqaro vafot etdi
10 yanvar 2021, 22:57

Namanganda gazga navbatda turgan fuqaro vafot etdi

Gaz shoxobchasida navbatda turgan 1952-yilda tug‘ilgan fuqaro “Jiguli” avtomashinasini surib, harakatlantirishga uringan vaqtida, to‘satdan yiqilib, vafot etgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uning mashinasi navbatda uzoq turgani bois muzlab qolgan deyishmoqda.

Namanganda qulagan ko‘prik yuzasidan munosabat bildirildi
8 yanvar 2021, 17:23

Namanganda qulagan ko‘prik yuzasidan munosabat bildirildi

8 yanvar kuni Namangan viloyatida qulagan ko‘prik haqida rasmiy munosabat bildirildi. Unga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar va qurbon bo‘lganlar yo‘q. Ushbu inshootga davlat byudjetidagi mablag‘ ajratilmaganligi va u xususiy tadbirkor shaxsiy mablag‘i hisobiga qurilganligi aytilmoqda.

Namanganda spirtli ichimlikdan vafot etganlar soni 6 kishiga yetdi
7 yanvar 2021, 17:03

Namanganda spirtli ichimlikdan vafot etganlar soni 6 kishiga yetdi

Bosh prokuratura To‘raqo‘rg‘on tumanida spirtli ichimlikdan zaxarlangan 6-bemor vafot etganini ma’lum qildi. Bir nafar bemor reanimatsiyada qolmoqda. Sotuvchi va yetkazib beruvchiga nisbatan jinoiy ish ochildi.

To‘raqo‘rg‘onda spirtli ichimlikdan vafot etganlar soni 5 kishiga yetdi
6 yanvar 2021, 21:07

To‘raqo‘rg‘onda spirtli ichimlikdan vafot etganlar soni 5 kishiga yetdi

To‘raqo‘rg‘on tumanida spirtli ichimlik iste’mol qilish natijasida zaxarlanib o‘lganlar soni 2 kishidan 5 kishiga yetdi. Ular orasida eng kattasi — 52 yosh, eng kichigi esa — 36 yoshda. Jami 13 kishi zaxarlangan.

Namanganda «Nexia» va «Cobalt» to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi, 4 kishi jarohatlandi
5 yanvar 2021, 16:57

Namanganda «Nexia» va «Cobalt» to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi, 4 kishi jarohatlandi

Namangan viloyatida «Nexia» va «Cobalt» avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv ro‘y berdi. YTH oqibatida 1 kishi vafot etdi, 4 kishi jarohatlanib, turli tashxislar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Namangandagi kafeda 24 yoshli yigit pichoqlandi
23 dekabr 2020, 17:12

Namangandagi kafeda 24 yoshli yigit pichoqlandi

Namagandagi kafelardan birida 21 yoshli fuqaro atrofdagilarni tinchini buzib, o‘tkir kesuvchi jism bilan 24 yoshli fuqaroni og‘ir jarohatladi. Hozirda unga unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Namangandagi YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi
15 dekabr 2020, 13:16

Namangandagi YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi

Namangan viloyatida ZIL-130 va Neksiya-1 rusumli avtomashinalar to‘qnashdi. YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi, ikki nafar yo‘lovchilar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Namangandagi xalqaro biznes markazi qurilishi Alisher Usmonov tomonidan moliyalashtiriladi
16 noyabr 2020, 12:13

Namangandagi xalqaro biznes markazi qurilishi Alisher Usmonov tomonidan moliyalashtiriladi

Namangan viloyatida Alisher Usmonov ko‘magida Xalqaro biznes markazi quriladi. Mazkur markaz Kongress-xoll, biznes maktabi, mehmonxona, ekopark, sport-sog‘lomlashtirish inshootlaridan tashkil topadi. Qurilish ishlarini bahorda boshlash rejalashtirilgan.

Namanganlik ayol farzandlari bilan suv omborida cho‘kib ketdi
31 oktabr 2020, 11:35

Namanganlik ayol farzandlari bilan suv omborida cho‘kib ketdi

Namangan viloyatida ayol avval farzandlarini, so‘ng o‘zini suv omboriga tashlab, cho‘kib ketdi. Tirik qolganlar yo‘q.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting