G‘ulomjon Murodxo‘jayev Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar berdi Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati.

G‘ulomjon Murodxo‘jayev 1999 yili Namangan Davlat universitetini, 2010 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

U 2011−2013 yillarda Namangan shahar hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, 2013−2016 yillarda Namangan viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i, 2016−2020 yillarda To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi bo‘lgan.

G‘ulomjon Murodxo‘jayev 2020 yildan hozirga qadar Prezident huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.