Bugun, 18 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyatga tashrifdan asosiy maqsad — avval qo‘yilgan vazifalar ijrosini ko‘rish, mahallalardagi sharoitni o‘rganish, aholini o‘ylantirayotgan muammolardan kelib chiqib, navbatdagi rejalarni belgilash.

Safar davomida sanoat korxonalari, qishloq xo‘jaligi loyihalari, bunyodkorlik ishlari bilan tanishish rejalashtirilgan.

Prezident matbuot xizmatining suratiga e’tibor berilsa, davlat rahbari Namanganga yangi A320 laynerida yo‘l olgan.