IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 12 dekabr kuni soat 08:40 larda Baliqchi-Jomashuy-Pungon yo‘lining 64 kmdagi Ingichka MFY hududida 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro ZIL-130 rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Neksiya-1 rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida Neksiya rusumli avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi ayol voqea joyida vafot etgan. Yana bir nafar yo‘lovchi va haydovchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etganligi ma’lum qilindi.

Qolgan ikki nafar yo‘lovchi ayollar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan, deyiladi xabarda.

Ushbu holat bo‘yicha JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.