IIV matbuot xizmati xabar berishicha, 18 dekabr kuni soat 22:45 da Namangan shahridagi kafe hovlisida 21 yoshli Sh. X. o‘tkir kesuvchi jismni namoyish qilib, uni qo‘llab, 24 yoshli I.G‘.ni urib, tan jarohati yetkazgan.

Sud-tibbiy ekspertiza natijalariga ko‘ra, I.G‘.ning tanasidagi jarohatlar «qorin old devori, qorin bo‘shlig‘iga kirib boruvchi, o‘tkir predmetdan sanchilgan-kesilgan"ligi aniqlanib, ular «og‘ir» tan jarohatlari turkumiga kirishi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Sh. X.ga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. So‘roq jarayonida Sh. X. pichoqni kanaldagi suvga tashlab yuborganligini ma’lum qilgan.

Dastlabki tergovda, Sh. X.ga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.