11 yanvar kuni, «Paxtaliko‘l» suv uzatish inshootida diametri 1000 mm bo‘lgan yuqori bosimli magistral tarmoqlarda favqulodda nosozlik sodir bӯlgan. Shu sabab mazkur inshoot faoliyati soat 10:00 dan boshlab vaqtinchalik tӯxtatildi.

Natijada Namangan shahrining Oromgox dahasi, 1-Axsikent, 2-Axsikent, Go‘zal, Chamanzor, Minchinor, Mustaqillik, Pahlavon, Nurobod, Sihatgox, Mehnatobod, Ishonch, Istiqbol MFY hududi va 1-kichik tumani ayrim joylarida ichimlik suvi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar sodir bo‘lishi aytilmoqda.

«Namangan suv ta’minoti» hozirda tezkorlik bilan nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilayotganini ta’kidlab, yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘radi.

Avvalroq, «Gazeta.uz» Andijonni ichimlik suvi bilan ta’minlovchi markaziy suv taqsimlash uskunasida nosozlik yuzaga kelgani haqida xabar bergan edi.