Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida spirtli ichimlikdan zaxarlangan 6-bemor 6 yanvar kuni vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

Oldinroq To‘raqurg‘on tumanida 13 nafar shaxs qalbaki «Gradusnik» spirtli ichimligini iste’mol qilib, zaxarlanganligi haqida xabar bergan edik.

Hozirda 6 nafar bemor sog‘aygan, bir nafari esa reanimatsiyada og‘ir ahvolda qolmoqda.

Ushbu holat yuzasidan 2 nafar shaxs: sotuvchi A.S. (qamoq) va yetkazib beruvchi ayol N.A.ga (uy qamog‘i) nisbatan ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186 moddasi, 4-qismi «a» bandi (Iste’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.