Qorako‘l tumanidagi xonadonlarning birida gaz chaqnashi sodir bo‘ldi. Oqibatda 2-sinf o‘quvchisi olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston vakillari Indoneziyaning Garuda Group aviakompaniyasi prezidenti bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari tomonidan Jakarta — Buxoro — Jakarta yo‘nalishida muntazam aviaqatnovni tashkil etish taklif etildi.
Buxoroda «Zamin» fondi loyihasi bo‘yicha 16 maktab ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi bilan ta’minlandi. «Gazeta.uz» shu paytgacha maktab ma’muriyati va mahalliy aholi toza ichimlik suvi yetishmasligi sababli qanday noqulayliklarga duch kelgani bilan qiziqdi.
Prezident Buxoroda ziyorat turizmi obyektlari infratuzilmasini yaxshilash uchun mahalliy budjetga 40 mlrd so‘m ajratish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, Indoneziya, Malayziya, Hindiston va arab davlatlaridan aviareyslarni ko‘paytirish vazifasi qo‘yildi.
Buxoro shahrida tadbirkor o‘z faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha shahar soliq inspeksiyasiga ariza taqdim etgan. Mazkur arizaga munosabat bildirilmasligi oqibatida qo‘shimcha soliq qarzdorligi paydo bo‘lgan. Tadbirkorning murojaatiga ko‘ra biznes-ombudsman hisoblangan 2 mln so‘mga yaqin qarzdorlikni bekor qildi.
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yuk mashinasi urib yuborgan to‘siq o‘sha paytda yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolga borib tegdi. Piyoda kasalxonada vafot etgan.
sentabr oyida Toshkent va Buxoroda xalqaro adabiy festival o‘tkazilishi kutilayotgandi. Biroq, tadbir dasturi, ishtirokchilar ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lishiga qaramay, mahalliy hamkor — Yozuvchilar uyushmasi tashkilotchilar safidan chiqdi va festival to‘xtatildi. «Gazeta.uz» Yozuvchilar uyushmasidan izoh ololmadi.
«Zamin» fondi «O‘zsuvta’minot» va XTV bilan hamkorlikda Buxorodagi umumta’lim maktablarida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena loyihasini yakunladi. Unga ko‘ra, G‘ijduvonda beshta maktab ichimlik suvi bilan ta’minladi. Qolaversa, maktabga yaqin bo‘lgan xonadonlar ham ushbu suvdan foydalanishi mumkin.
Buxoroda markaziy magistraldagi nosozlik tufayli bir kun avval uzilib qolgan suv ta’minoti to‘liq tiklandi.
Buxoroda markaziy quvurda ro‘y bergan nosozlik tufayli suv ta’minoti vaqtincha to‘xtab qoldi. Viloyat hokimi ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.
Prezidentga Buxoro ayeroportida DXSH asosida yangi xalqaro yo‘lovchi terminalini qurish loyihasi taqdim etildi. Investitsiya hajmi 136 mln dollarni tashkil qilishi kutilmoqda. Loyihani 2022−2024 yillarda amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Nodir Devonbegi va Ko‘kaldosh madrasalarini ko‘zdan kechirib, ularning qarovsiz qoldirilgani va nurab ketayotgani uchun mas’ul rahbarlarni tanqid qildi. Buxoro shahar hokimi, viloyat hokimining o‘rinbosari va madaniy meros boshqarmasi boshlig‘iga 10 aprelgacha tarixiy ahamiyatga molik barcha obektlarni obodonlashtirishni buyurdi.
2023 yilda Buxoroda O‘zbekistondagi ikkinchi Hyatt mehmonxonasi ish boshlaydi. Ushbu tarmoqning birinchi mehmonxonasi 2016 yilda Toshkentda ochilgan edi, joriy yilning mart oyida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi uni sotish jarayoni boshlanganini xabar qildi.
DXX Toshkent viloyatida 4 gektar yerni 800 ming dollarga sotishga urinib, oldindan 100 ming dollarni olganlikda gumon qilingan ikki fuqaroni ushladi. Namangan va Buxoro viloyatlarida Kosonsoy va Qorako‘l davlat o‘rmon xo‘jaligi xodimlari xo‘jalikka qarashli yerni fuqarolarga ajratib bermoqchi bo‘lganligi aytilmoqda.
Buxorodagi XVI asrga oid «Talipoch qal’a darvozasi» devorini ta’mirlash uchun Turizm va ma’daniy meros vazirligi tomonidan 1 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi. Devorning bir qismi tinimsiz yomg‘ir yog‘ishi tufayli qulab tushgan edi.
Buxoroda yog‘ingarchilik tufayli XVI asrga oid “Talipoch qal’a darvozasi” devorining bir qismi qulab tushdi. Qal’aning ushbu qismi 2003 yilda qayta tiklangan. Madaniy meros agentligi restavratsiya ishlarida shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yilgani va malakasiz hunarmandlar tomonidan amalga oshirilganini ta’kidladi.
Iyul oyi oxirida Buxoro shahridagi «Abdullaxon» madrasasi devorining bir qismi qulab tushgan edi. Holat yuzasidan «mansabga sovuqqonlik bilan qarash» moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Buxorodagi «Abdullaxon» madrasasi orqa tomon devorining bir bo‘lagi o‘pirilib tushdi. Qayd etilishicha, hodisa issiq va sovuq iqlim, yog‘ingarchiliklar va yer osti suvlarining ko‘tarilishi ta’sirida sodir bo‘lgan.
Buxoro viloyatidagi 4 ta bolalar bog‘chasining 22 nafar xodimlarida va Pedagogika kollejining 3 nafar xodimida COVID-19 aniqlangani uchun mazkur muassasalar 14 kunlik karantinga olindi.
Buxoro viloyatidagi 11 ta umumta’lim maktabi masofaviy ta’limga o‘tkazildi. Viloyat xalq ta’limi tizimi xodimlarining 6 nafarida, maktab o‘quvchilarining esa 26 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting