Buxoro shahrida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkor soliq qarzdorligidan norozi bo‘lib biznes-ombudsmanga murojaat qildi, deya xabar berdi vakil ofisi matbuot xizmati.

Tadbirkorning qayd etishicha, u o‘z faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha arizani Buxoro shahar soliq inspeksiyasiga taqdim qilgan bo‘lsada, bu borada munosabat bildirilmagan. Natijada, tadbirkorning faoliyati «vaqtinchalik to‘xtatilgan» sifatida belgilanmagan va soliq qarzdorligi vujudga kelgan.

Ushbu holat bo‘yicha biznes-ombudsman tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, tadbirkorga hisoblangan 2 mln so‘mga yaqin soliq qarzdorligi bekor qilindi, deyiladi xabarda.