Buxoroda suv ta’minoti to‘liq tiklandi, deb xabar berdi Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Piridastgir ko‘chasi bo‘ylab o‘tuvchi markaziy magistral liniyadagi nosozlik tufayli bir kun avval shaharda suv ta’minoti uzilib qolgan edi.

«Buxoro suv ta’minoti» MCHJ mutaxassislari tomonidan olib borilgan avariya-tiklash ishlari natijasida yaroqsiz holga kelib qolgan shisha tolali hobus diametri 700 mm bo‘lgan po‘lat quvurga almashtirildi, deyiladi xabarda.

«Bugun, 12 iyun kuni ta’mirlash ishlari yakunlanib, ayni paytda Buxoro shahrining barcha hududlarida ichimlik suvi ta’minoti to‘liq qayta tiklandi», — deya qayd etdi viloyat ma’muriyati.