Shanba kuni Buxoroda suv ta’minoti vaqtincha to‘xtab qoldi. Bunga Piridastgir ko‘chasi bo‘ylab o‘tuvchi markaziy quvurdagi nosozlik sabab bo‘lgan, deya xabar berdi «O‘zsuvta’minot» korxonasi.

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ish joyiga tashrif buyurib, ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Ta’mirlash ishlari davomida shisha tolali xobusni diametri 700 mm bo‘lgan po‘lat quvurga almashtirish rejalashtirilgan.

Viloyat rahbariyati tomonidan ishlarni jadallashtirish, shaharda suv ta’minotini tiklash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli tavsiya berildi.