5 iyul holatiga ko‘ra, Buxoro viloyatidagi 4 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 22 nafar xodimlarida va Buxoro shahridagi Pedagogika kollejining 3 nafar xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi matbuot xizmati «Gazeta.uz» ga xabar berdi.

Xodimlarida koronavirus aniqlangan mazkur muassasalar 14 kunlik karantinga olindi.