«buxoro» tegli maqolalar


Sochi va Buxoro to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘landi
30 yanvar 2023, 11:15

Sochi va Buxoro to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘landi

Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi Sochi — Buxoro — Sochi yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Qatnovlar haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Buxoroda bolalar «Sinepar» siropidan vafot etgani haqida yolg‘on xabar tarqatilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
26 yanvar 2023, 10:20

Buxoroda bolalar «Sinepar» siropidan vafot etgani haqida yolg‘on xabar tarqatilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoro prokuraturasi viloyatda 23 bola «Sinepar» siropini ichgach vafot etgani haqida yolg‘on axborot tarqatilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoroda «Sinepar» siropidan 23 bola vafot etgani rad etildi
25 yanvar 2023, 15:43

Buxoroda «Sinepar» siropidan 23 bola vafot etgani rad etildi

SSV Buxoro viloyatida «Sinepar» siropini ichgan 23 nafar bola vafot etgani haqidagi xabarlar yolg‘on ekanini ma’lum qildi. Shuningdek, fuqarolardan shifokor ko‘rsatmasisiz, o‘zboshimchalik bilan dori ichmaslik so‘raldi.

«Buxoro turizm markazi» uchun boshqa yer maydoni tanlanadi
15 yanvar 2023, 16:45

«Buxoro turizm markazi» uchun boshqa yer maydoni tanlanadi

Buxoro viloyati hokimligi ko‘hna shahar markazida qurilishi rejalashtirilgan «Turizm markazi» uchun «boshqa maqbul yer maydonlari tanlanishi»ni ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, markaz qurilishini to‘xtatish haqida prezident Shavkat Mirziyoyev topshiriq bergan.

Buxoro markazida sayyohlik markazini qurish uchun o‘nlab binolar buzilishi mumkin. Aholi norozi
15 yanvar 2023, 13:07

Buxoro markazida sayyohlik markazini qurish uchun o‘nlab binolar buzilishi mumkin. Aholi norozi

Buxoro markazida sayyohlik markazini qurish rejalashtirilmoqda. Buyurtmachi sifatida Enter Engineering kompaniyasi tanlandi. 32,6 ga maydonda majmuani barpo etish uchun hokimlik, prokuratura binolari, stadion va boshqalar buzilishi mumkin. Aholi prezidentga murojaat bilan chiqdi.

Qurilish vaziri: «Turizm markazi qurilishi hozircha loyiha»
14 yanvar 2023, 15:34

Qurilish vaziri: «Turizm markazi qurilishi hozircha loyiha»

Qurilish vazirining aytishicha, Buxoroda turizm markazi qurilishi hali loyiha. Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar loyihani amalga oshirishga qaror qilgan — binolarni xatlovdan o‘tkazilmoqda, YUNESKO bilan kelishuv ishlari olib borilmoqda, shuningdek, aholiga tovon puli to‘lash rejalashtirilgan.

Buxoroda tadbirkor garovdagi binoni qayta qimmatga garovga qo‘yib, 1,3 mlrd so‘m kreditni o‘zlashtirdi
13 yanvar 2023, 12:56

Buxoroda tadbirkor garovdagi binoni qayta qimmatga garovga qo‘yib, 1,3 mlrd so‘m kreditni o‘zlashtirdi

Buxoro shahrida oilaviy korxona rahbari bankning sobiq mas’ullari bilan kelishib, kredit ta’minoti uchun garovga qo‘yilgan mehmonxona binosini qayta qimmatroqqa garovga qo‘ygan. Qo‘shimcha bino qurish uchun yana kredit olib, jami 1,3 mlrd so‘m pulni talon-toroj qildi. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Buxorodagi savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi
7 yanvar 2023, 09:22

Buxorodagi savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi

G‘ijduvon tumanidagi savdo majmuasida yong‘in kelib chiqdi. 8 ta qutqaruv ekipaji 2,5 soat davomida yong‘inni o‘chirdi. Hodisa oqibatida majmuaning 250 kvadrat metr maydoni yondi.

Buxoroda ikki ayol o‘zini osib qo‘yib vafot etdi
5 yanvar 2023, 12:28

Buxoroda ikki ayol o‘zini osib qo‘yib vafot etdi

Peshku tumanida 21 va 24 yoshli ayollar uyida o‘zini osib qo‘ydi. Ularning ikkisi ham vafot etdi. Tuman prokuraturasi tomonidan tekshiruv boshlandi.

Buxorodagi o‘quv markazi yerto‘lasida portlash yuz berdi
4 yanvar 2023, 10:35

Buxorodagi o‘quv markazi yerto‘lasida portlash yuz berdi

Buxoro shahri Mustaqillik ko‘chasida joylashgan o‘quv markazi yerto‘lasida portlash sodir bo‘ldi. 3 dona eshik va rom joyidan siljigan va 70 kv.m maydonda tom qismi plastik qoplamasi zararlangan. Jarohat olganlar yo‘q.

Buxoro shahrida 7 qavatli uy qulab tushgani rad etildi
29 dekabr 2022, 14:36

Buxoro shahrida 7 qavatli uy qulab tushgani rad etildi

Buxoro shahrida 7 qavatli uy qulab tushgani haqida xabar tarqalgandi. FVV va Qurilish vazirligi buni rad etib, aslida 7-qavatdagi 3 dona beton plita tushib ketganini ma’lum qildi. Bu holatda hech kim jarohat olmagan.

Buxoroda yuk mashinalaridan tashkil topgan to‘y korteji to‘xtatildi
15 dekabr 2022, 11:36

Buxoroda yuk mashinalaridan tashkil topgan to‘y korteji to‘xtatildi

Buxoro viloyatidan o‘tgan M-37 xalqaro avtomagistralida YHXB xodimlari yuk mashinalaridan iborat to‘y kortejini to‘xtatdi. Mashinalar jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Buxoroda davlatga 2,5 mlrd so‘m zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
2 dekabr 2022, 11:06

Buxoroda davlatga 2,5 mlrd so‘m zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi

DXX va Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan Romitan tumanida 456 dona mayning qurilmalarini o‘rnatgan ferma aniqladi. Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish oqibatida ferma davlatga 2 mlrd 530 mln so‘m miqdorida zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.

Buxoroda o‘quvchilarni kaltaklagan o‘qituvchi o‘z arizasi bilan ishdan ketdi
16 noyabr 2022, 15:42

Buxoroda o‘quvchilarni kaltaklagan o‘qituvchi o‘z arizasi bilan ishdan ketdi

Buxoro shahridagi 4-maktabda dars vaqtida sinfdagi barcha o‘quvchilarni kaltaklagan o‘qituvchi o‘z arizasi bilan ishdan bo‘shatildi. Holat bo‘yicha o‘rganish ishlari huquq-tartibot idoralari hamkorligida davom etmoqda.

Buxorolik 22 yoshli yigit 29 yashar xotini va 5 yashar o‘g‘lini o‘ldirib, so‘ng yoqib yubordi
11 noyabr 2022, 22:23

Buxorolik 22 yoshli yigit 29 yashar xotini va 5 yashar o‘g‘lini o‘ldirib, so‘ng yoqib yubordi

Buxorolik 22 yoshli yigit rashk sababli 29 yoshli xotinini soch quritish uskunasi simi bilan bo‘g‘ib o‘ldirdi. So‘ngra hodisaga guvoh bo‘lgan 5 yashar o‘g‘lini ham o‘ldirib, xar ikkisining jasadlarini yoqib yubordi. Hodisa Toshkent-Buxoro yo‘lining G‘allaorol tumanidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan.

Buxoroda bino qulashi oqibatida bir kishi jarohatlandi
1 noyabr 2022, 11:47

Buxoroda bino qulashi oqibatida bir kishi jarohatlandi

«Kogon Quruvchi montaj» MCHJga qarashli binoning yuk konstruksiyalari (regil plitalari) quladi. Oqibatda quruvchi bo‘lib ishlayotgan fuqaro jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.

Buxoroda o‘z-o‘zidan otilib ketgan miltiq ayolni jarohatladi
21 oktabr 2022, 17:12

Buxoroda o‘z-o‘zidan otilib ketgan miltiq ayolni jarohatladi

Olot tumanida mashinadagi qurol o‘z-o‘zidan otilib ketishi oqibatida ayol oyog‘idan jarohat oldi.

Buxoroda xonadonda gaz portlashi oqibatida 2-sinf o‘quvchisi vafot etdi
19 oktabr 2022, 11:18

Buxoroda xonadonda gaz portlashi oqibatida 2-sinf o‘quvchisi vafot etdi

Qorako‘l tumanidagi xonadonlarning birida gaz chaqnashi sodir bo‘ldi. Oqibatda 2-sinf o‘quvchisi olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Jakarta-Buxoro-Jakarta yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar tashkil etish taklif etildi
18 oktabr 2022, 15:31

Jakarta-Buxoro-Jakarta yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar tashkil etish taklif etildi

O‘zbekiston vakillari Indoneziyaning Garuda Group aviakompaniyasi prezidenti bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari tomonidan Jakarta — Buxoro — Jakarta yo‘nalishida muntazam aviaqatnovni tashkil etish taklif etildi.

Buxoroda «Zamin» fondi loyihasi bo‘yicha ichimlik suvi bilan ta’minlangan maktablar soni 16 taga yetdi
30 sentabr 2022, 17:29

Buxoroda «Zamin» fondi loyihasi bo‘yicha ichimlik suvi bilan ta’minlangan maktablar soni 16 taga yetdi

Buxoroda «Zamin» fondi loyihasi bo‘yicha 16 maktab ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi bilan ta’minlandi. «Gazeta.uz» shu paytgacha maktab ma’muriyati va mahalliy aholi toza ichimlik suvi yetishmasligi sababli qanday noqulayliklarga duch kelgani bilan qiziqdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting