Buxoroda muttasil yog‘ingarchiliklar tufayli qulab tushgan «Talipoch qal’a darvozasi» qal’asi devorining bir qismi va Talipoch darvozasini ta’mirlash uchun Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 1 mlrd so‘m ajratildi, deya xabar bermoqda Buxoro viloyat Madaniy meros boshqarmasi.

«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning mart oyida tasdiqlangan «2022 yil davomida asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining Manzilli ro‘yxati»ga asosan, mazkur obyektni ta’mirlash-tiklash ishlari Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi», — deyiladi ma’lumotda.

Ta’kidlanishicha, hozirgi paytda mas’ul soha mutasaddilari va mutaxassislar tomonidan ushbu obektning loyiha oldi ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, devorning qulagan qismi 2003 yilda tiklangan bo‘lib, restavratsiya jarayonida «shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yilgan» va «ta’mirlash ishlari malakali ustalar tomonidan amalga oshirilmagan».