«buxoro» tegli maqolalar


Buxoro tumani hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
8 fevral 2021, 10:26

Buxoro tumani hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

«Gazlineftqazibchiqarish» boshqarmasi kapital qurilish va ta’mirlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Anvar Rajabov Buxoro tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Buxoroda portlagan uy noqonuniy qurilgan — Qurilish vazirligi
6 fevral 2021, 12:26

Buxoroda portlagan uy noqonuniy qurilgan — Qurilish vazirligi

Buxoro shahrida portlagan uyning 7−8 qavatli etib qurilishi uchun tasdiqlangan konsepsiya loyihasi buzilib, o‘zboshimchalik bilan qavatlar soni oshirilganligi ma’lum bo‘ldi. Shaharsozlik hujjatlarini to‘liq rasmiylashtirmasdan qurilish ishlarini olib borayotganligi uchun inspeksiya xodimlari tomonidan ogohlantirish ham berilganligi aytilmoqda.

Buxorodagi portlashda 12 kishi jarohatlangan
4 fevral 2021, 22:50

Buxorodagi portlashda 12 kishi jarohatlangan

Buxorodagi ko‘p qavatli uyning 3-qavatida yuz bergan gaz portlashi oqibatida jarohatlanganlar soni 12 kishiga yetdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Buxorodagi yangi qurilayotgan uylarning birida portlash ro‘y berdi
4 fevral 2021, 18:49

Buxorodagi yangi qurilayotgan uylarning birida portlash ro‘y berdi

Buxoroda qurilishi tugallanmagan 8 qavatli binoda portlash yuz berdi. Hodisa natijasida 3 kishi jarohatlandi.

«Buxoro boshqa viloyatlardan 10 yil orqada qolyapti» — prezident
22 yanvar 2021, 14:51

«Buxoro boshqa viloyatlardan 10 yil orqada qolyapti» — prezident

Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi tashrifi doirasida viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. «Buxoroning bugungi rivoji ma’qulmi, degan savolga mening javobim: yo‘q. Korrupsiya, poraxo‘rlik barham topmayapti», — dedi davlat rahbari. Prezident muammolarni bartaraf etishda mahallaning roli oshirilishiga to‘xtaldi.

Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi agrar sohasi bo‘yicha loyihalarni o‘rganmoqda
21 yanvar 2021, 19:17

Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi agrar sohasi bo‘yicha loyihalarni o‘rganmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi «Buxoro Varnet» korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Korxonada o‘tgan yili qariyb 20 mlrd so‘mlik mahsulot yetishtirilib, 1 mln dollarlik eksport qilingan.

Shavkat Mirziyoyev Buxoroga jo‘nab ketdi
21 yanvar 2021, 10:36

Shavkat Mirziyoyev Buxoroga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi.

Buxoro prokurorining ishi yuzasidan Respublika idoralararo komissiyasi tuzildi
15 dekabr 2020, 00:15

Buxoro prokurorining ishi yuzasidan Respublika idoralararo komissiyasi tuzildi

Bosh prokurorni bir nechta huquqbuzarliklard ayblagan Buxoro shahar prokurori J.Fozilovning vajlarini «har tomonlama va xolisona tekshirish» maqsadida Respublika idoralararo komissiyasi tuzildi.

Buxoroda aholi gaz yo‘qligi sababli yo‘lni to‘sib qo‘ydi
9 dekabr 2020, 23:08

Buxoroda aholi gaz yo‘qligi sababli yo‘lni to‘sib qo‘ydi

Buxoro viloyati aholisi gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolar tufayli yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Viloyat hokimligi vaziyatni o‘rganayotganini ma’lum qildi. O‘tgan yili ham turli hududlar aholisi gaz va elektr energiyasi taqchilligi sababli yo‘llarni yopib qo‘yishgan edi.

O‘g‘lining to‘yiga 53 kishini taklif qilgan Buxoro viloyat SEX rahbari jarimaga tortildi
5 noyabr 2020, 22:23

O‘g‘lining to‘yiga 53 kishini taklif qilgan Buxoro viloyat SEX rahbari jarimaga tortildi

O‘g‘lining to‘yida 53 kishi qatnashgan Buxoro viloyat Sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbari 4,4 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting