16 oktabr kuni soat 08:55 larda Buxorodagi xonadlonlarning birida gaz chaqnashi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Qorako‘l tumani Quyi xo‘jalar qishlog‘ida yashovchi N.R.ning uyida gaz chaqnashi sodir bo‘ldi. Oqibatda voyaga yetmagan — 2014 yilda tug‘ilgan 2-sinf o‘quvchisi J.S. olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etdi.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.