«baxtsiz hodisa» tegli maqolalar


Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida 3 kishi cho‘kib ketdi
12 aprel 2024, 08:55

Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida 3 kishi cho‘kib ketdi

Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida uch kishi, jumladan, 5 yoshli bola va uning onasi cho‘kib ketdi. Ikki qurbonning jasadi topilgan, uchinchisini qidirish ishlari davom etmoqda.

Yirik YTH tufayli eski ToshMI yaqinida katta tirbandlik yuzaga keldi (foto)
4 aprel 2024, 11:02

Yirik YTH tufayli eski ToshMI yaqinida katta tirbandlik yuzaga keldi (foto)

Poytaxtdagi eski ToshMI yaqinidagi Maxtumquli ko‘chasida ikkita yuk mashinasi va ko‘p sonli yengil avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi — voqea joyida bo‘lgan “Gazeta.uz” muxbiri 15 ga yaqin mashinani sanadi. Markaz tomon harakat vaqtincha to‘xtab qoldi. Foto.

Toshkentda 4 ta yengil avtomobil to‘qnashishi oqibatida 6 kishi jarohatlandi
25 mart 2024, 09:30

Toshkentda 4 ta yengil avtomobil to‘qnashishi oqibatida 6 kishi jarohatlandi

Toshkentda kechasi Jahon tillari universiteti yaqinida to‘rtta avtomobil to‘qnashib ketdi, oqibatda olti kishi jarohat oldi. Kecha tunda, shuningdek, Bunyodkor shoh ko‘chasida oltita avtomobil to‘qnashib ketdi.

Andijonda erkak konda tosh bosib qolishi oqibatida vafot etdi
27 noyabr 2023, 15:19

Andijonda erkak konda tosh bosib qolishi oqibatida vafot etdi

Buloqboshi tumanidagi konda 46 yoshli erkakning ustiga tosh yumalab, bosib qoldi. Oqibatda u voqea joyida vafot etdi.

“G‘ishtko‘prik” bojxona posti oldida erkak o‘tkinchiga pichoq bilan hujum qildi
11 iyul 2023, 11:30

“G‘ishtko‘prik” bojxona posti oldida erkak o‘tkinchiga pichoq bilan hujum qildi

Qozog‘iston bilan chegaradagi “G‘ishtko‘prik” bojxona posti oldida 58 yoshli erkak yo‘lda ketayotgan notanish shaxsga pichoq bilan jarohat yetkazdi. PPX xodimlariga ham qarshilik qilgan shaxs rezina tayoq yordamida zararsizlantirildi. Jarohatlangan erkak kasalxonaga yotqizilgan.

Samarqandda voyaga yetmagan haydovchi 52 yoshli erkakni urib yubordi
23 may 2023, 11:55

Samarqandda voyaga yetmagan haydovchi 52 yoshli erkakni urib yubordi

Samarqand shahrida otasining mashinasini haydab ketayotgan 16 yoshli o‘smir tezlikni oshirib, yo‘lni kesib o‘tayotgan erkakni urib yubordi. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.

Toshkentda o‘zi va yosh bolasini kanalga tashlagan ayol qutqarib qolindi
3 may 2023, 11:59

Toshkentda o‘zi va yosh bolasini kanalga tashlagan ayol qutqarib qolindi

Yunusobod tumanidagi Bo‘zsuv kanaliga 1,5 yoshli bolasi bilan o‘zini tashlagan ayolni PPX xodimlari qutqarib qoldi. Ushbu harakatga “og‘ir hayotiy vaziyat” sabab bo‘lgan. 20 yoshli ayol ishidan afsusdaligi va ularni qutqarganlardan minnatdor ekanini aytdi. Bola vaqtincha mehribonlik uyiga topshirildi.

Sardobada hojatxonadan telefonini olib chiqmoqchi bo‘lgan uch kishi vafot etdi
27 aprel 2023, 23:32

Sardobada hojatxonadan telefonini olib chiqmoqchi bo‘lgan uch kishi vafot etdi

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida hojatxonaga tushib ketgan telefonni olishga uringan bir oilaning uch nafar a’zosi halok bo‘ldi.

2022 yilda sanoat korxonalaridagi baxtsiz hodisalarning 28 tasi o‘lim bilan tugadi
30 mart 2023, 12:52

2022 yilda sanoat korxonalaridagi baxtsiz hodisalarning 28 tasi o‘lim bilan tugadi

Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi nazoratidagi korxona va tashkilotlarda 2022 yilda 81 ta baxtsiz hodisa yuz berdi. Shulardan 28 tasida o‘lim holati qayd etildi. Hodisalar 60 foizdan ortiq holatda tashkiliy sabab bilan bog‘liq, deya izoh berildi.

O‘zbekistonda 2 yilda liftlardagi baxtsiz hodisa sabab 5 kishi vafot etgan
19 dekabr 2022, 18:22

O‘zbekistonda 2 yilda liftlardagi baxtsiz hodisa sabab 5 kishi vafot etgan

2021−2022 yillar davomida liftlarda 4 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan va natijada 5 nafar fuqaro hayotdan bevaqt ko‘z yumgan. Hozirda mavjud liftlarning 290 dan ortig‘i o‘z xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan, kapital ta’mirtalab.

Toshkentda avtomobil urib yuborishi natijasida piyoda halok bo‘ldi
31 avgust 2022, 17:01

Toshkentda avtomobil urib yuborishi natijasida piyoda halok bo‘ldi

30 avgustda piyoda yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan Nexia-3 avtomobili urib yuborishi oqibatida voqea joyida vafot etdi. YTHni sodir etgan shaxs Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyasining katta yordamchisi ekani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda $16 mingga yaqin qalbaki dollar musodara qilindi
30 avgust 2022, 10:09

Toshkentda $16 mingga yaqin qalbaki dollar musodara qilindi

Avgust boshida Toshkentda Spark avtomobili salonidan qariyb 16 ming qalbaki dollar topilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qalbaki pul yasash va ularni o‘tkazish bilan shug‘ullangan shaxslarni aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Qashqadaryoda avtomobil yonib ketishi oqibatida haydovchi vafot etdi
29 avgust 2022, 11:49

Qashqadaryoda avtomobil yonib ketishi oqibatida haydovchi vafot etdi

Qashqadaryoning Qamashi tumanida Lacetti avtomashinasi yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgan Gentra avtomobili bilan to‘qnashuv natijasida yonib ketdi. Oqibatda Lacetti haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Farg‘onada IIB xodimlari mastligini tekshirish uchun olib ketayotgan fuqaro yo‘lda vafot etdi
29 avgust 2022, 09:31

Farg‘onada IIB xodimlari mastligini tekshirish uchun olib ketayotgan fuqaro yo‘lda vafot etdi

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida IIB xodimlari mastligini tekshirish uchun olib ketayotgan fuqaro vafot etdi. Sudga oid tibbiy ekspertiza uning o‘limiga bir qancha surunkali kasalliklar sabab bo‘lganini qayd etdi. Holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Jizzaxdagi YTH oqibatida piyoda vafot etdi
25 avgust 2022, 11:20

Jizzaxdagi YTH oqibatida piyoda vafot etdi

Jizzax viloyatida Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan Cobalt haydovchisi piyodani urib yubordi. Fuqaro olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.

Toshkentda yangi qurilgan uylardan 118 dona o‘t o‘chirish moslamasi o‘g‘rilab ketildi
24 avgust 2022, 14:28

Toshkentda yangi qurilgan uylardan 118 dona o‘t o‘chirish moslamasi o‘g‘rilab ketildi

Toshkentda fuqaro yangi qurilgan uylardan 118 dona o‘t o‘chirish moslamasini o‘g‘rilab ketganlikda gumonlanmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qamchiqdagi avariya oqibatida Isuzu haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi
22 avgust 2022, 09:54

Qamchiqdagi avariya oqibatida Isuzu haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi

«Toshkent-O‘sh» yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismida Isuzu yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, oldida harakatlanib ketayotgan ikkita Lacetti bilan to‘qnashib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urildi. Natijada haydovchi va yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etdi.

Toshkentda avariya oqibatida yo‘lovchi vafot etdi
18 avgust 2022, 10:21

Toshkentda avariya oqibatida yo‘lovchi vafot etdi

Toshkentning Mirobod tumani Kichik xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida Nexia haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa borib urildi. Natijada avtomobil yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etdi.

Toshkentda obodonlashtirish ishchisi Spark urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
16 avgust 2022, 18:46

Toshkentda obodonlashtirish ishchisi Spark urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi

Toshkent hayvonot bog‘i oldidagi ko‘chada Spark haydovchisi yo‘l chetida turgan shahar obodonlashtirish boshqarmasi ishchisini urib yubordi. Hodisa oqibatida piyoda voqea joyida vafot etdi.

Qarshida fuqaro o‘zini yoqib yuborishga urindi
16 avgust 2022, 15:36

Qarshida fuqaro o‘zini yoqib yuborishga urindi

Prokuratura Qarshidagi charm zavodi yaqinida sodir bo‘lgan voqeani o‘rganmoqda. Bu yerda aholi kasalliklarni keltirib chiqarayotgan hid va havoning ifloslanishidan shikoyat qilib yig‘ilishgandi. Fuqarolardan biri zavod rahbariyati tahdid qilganini aytib, o‘zini yoqib yubordi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting