15 avgust kuni taxminan soat 12:50 larda Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasida (hayvonot bog‘i yonida) Spark haydovchisi yo‘l chetida turgan shahar obodonlashtirish boshqarmasi ishchisini urib yubordi. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi Yu.R. (1990 y.t.) jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatmay, voqea joyidan ketib qolgan. Keyinroq u huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ushlangan.

Oqibatda shahar obodonlashtirish boshqarmasi ishchisi G. K. (1967 y.t.) olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.