7-iyul kuni Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegaradosh “G‘ishtko‘prik” bojxona posti oldida 58 yoshli erkak yo‘l chetida ketayotgan erkakka hech qanday sababsiz pichoq bilan jarohat yetkazdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Hujum qilgan shaxs Sh. E. Sirdaryo viloyatida yashashi, jabrlanuvchi esa 40 yoshda ekani va qorin qismidan jarohat olgani aniqlandi.

Voqea sodir bo‘lgach, hududda xizmat olib borayotgan viloyat IIBB PPX xodimlari erkakni zararsizlantirish maqsadida maxsus rezina tayog‘ini ishlatib, jismoniy kuch qo‘llagan.

Jarohatlangan fuqaro shifoxonaga olib borilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchi fuqaroning ruhiy holati yuzasidan psixologik ekspertiza tayinlangan.