17 avgust kuni taxminan soat 02:40 larda Mirobod tumani Kichik xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida Nexia haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan, deb xabar berdi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi S.A. (2002 y.t) tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

YTH natijasida avtomobil yo‘lovchisi E.R. (1999 y.t.) olgan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilayotgan vaqtda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.