25-mart kuni soat 00:10 atrofida Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi Kichik halqa yo‘li Jahon tillari universiteti yaqinida to‘rtta avtomobil to‘qnashib ketdi.

Poytaxt IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, BMW avtomashinasi Matiz`ning orqa qismiga, so‘ngra Kia`ning yon tomoniga urilgan, shundan so‘ng Kia o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan Malibu bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida BMW haydovchisi va uch nafar yo‘lovchisi, shuningdek, Kia haydovchisi va yo‘lovchisi jarohatlar olib, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hodisaga birinchi avtomobilning yuqori tezligi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

24-mart kuni, shuningdek, poytaxtda yana bir YTH ro‘y berdi: taxminan soat 21:10 da Bunyodkor shoh ko‘chasida oltita yengil avtomobil to‘qnashib ketdi: Matiz, ikki Lacetti, Epica, Nexia 3 va Nexia 2. Jabrlanganlar yo‘q.