Toshkentning Maxtumquli ko‘chasida payshanba kuni soat 10:30 atrofida kamida 15 ta avtomobil ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda voqea joyidan “Gazeta.uz” muxbiri xabar berdi.

YTHda ikkita og‘ir avtomobil, jumladan, beton plitalar ortilgan KamAZ va ko‘plab avtomobillar ishtirok etgan. Ba’zi mashinalar jiddiy shikastlangan, boshqalari esa kichik zarar ko‘rgan. Ikki mashina esa yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagiga chiqib ketgan.

Hodisa tufayli yo‘lning to‘rtta qatoridan uchtasi to‘silib qoldi va uzun tirbandlik yuzaga keldi. Keyinroq Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi bilan chorrahadan markaz tomon harakatlanish vaqtincha to‘xtatildi.

Voqea joyiga PPX xodimlari yetib keldi va avtomobillar ochiq bo‘lgan bitta qatordan o‘ta boshladi. Tez yordam shifokorlari jabrlanganlarga yordam ko‘rsatmoqda.

Foto

бахтсиз ҳодиса, йтҳ

бахтсиз ҳодиса, йтҳ

бахтсиз ҳодиса, йтҳ

бахтсиз ҳодиса, йтҳ

бахтсиз ҳодиса, йтҳ

бахтсиз ҳодиса, йтҳ

бахтсиз ҳодиса, йтҳ